01:24 / 17.10.2015
3713

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Isroil bilan erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar rahbarlari Isroil bilan erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuvni tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qarorga qildilar. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay'ati raisi Viktor Xristenko Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida e'lon qildi. Bu yig‘ilish Qozog‘istonning Oqmala viloyatidagi kurort posyolkasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda BNews.kz nashri.

Xristenko YeOIIga a'zo davlatlar yetakchilari tomonidan Xitoy bilan savdo-iqtisodiy kelishuvni shakllantirish bo‘yicha ishning boshlanishi haqida qaror qabul qilinganini ma'lum qildi.

“Umid qilamanki, rasmiy muzokaralar keyingi yilning 1-choragida boshlanadi. Hindiston, Eron, Misr va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorlikning preferentsial tartibini chuqurlashtirish, yaratish bilan bog‘liq masalalar bilan ishlashning formatlari aniqlashtirib olindi. Bularning barchasi YeOIIga a'zo davlatlar manfaatlarini o‘rta muddatli ustuvorliklari zaminini tashkil qiladi”, deb qo‘shimcha qildi V.Xristenko.

Top