Baland binolar va şahar muhiti xalqaro kengaşi 2014 yilda osmonöpar binolarning qurilişi haqida hisobotni çop etdi. Uni tuzişda 2014 yilda foydalanişga topşirilgan 200 metrdan balandroq bölgan inşootlargina hisobga olindi.

Ötgan yil oxirida Xitoyda eng köp baland binolar qurilişi yakunlandi. Qurilgan 58 ta binoning umumiy balandligi 13 ming 549 metrni taşkil etadi. Taqqoslaş uçun: stratosfera qobiği yer sirtidan 11 ming metrdan balandlikda boşlanadi.

Ta'kidlab ötiş joizki, Xitoy baland binolar böyiça mutlaq ğolib hisoblanadi, çunki u bu borada özidan keyingi kelayotgan davlatlardan ança-munça oldinlab ketgan, ya'ni 2- va 3-örinni egallagan Filippin va Qatar davlatlari mos ravişda bor-yöği 5 va 4 ta binoni foydalanişga topşirganlar.

 

1. Emirates Tower One, Dubay, BAA. 2000 yilda qurilgan. Balandligi 354,6 metr.

2. Menara Telekom, Kuala Lumpur, Malaziya. 2001 yilda qurilgan. Balandligi 310 metr.

3. Kingdom Centre, Ar Riyod, Saudiya Arabistoni. 2002 yilda qurilgan. Balandligi 302,3 metr.

4. Two International Finance Centre, Gong Kong, Xitoy. 2003 yilda qurilgan. Balandligi 412 metr.