1950-60-yillarda bir qator Afrika davlatlari Yevropa mamlakatlaridan öz erkinliklarini talab qilişdi va köp ötmay mustaqilikka erişişdi. Öşa paytdagi me'morçilik öşa kunlarning esdaligi bölib qoldi hamda Afrika xalqining yangi kelajak va yangi davr tomon intilişini körsatdi.

Sovuq körinişdagi şaklli me'morçilik tizimi öşa paytlarda öylab topilgan eng ğaroyib uslub bölib, uni issiq iqlimli joylarda qurilişi ikki baravar ğaroyib tuyulardi. Bu inşootlarning loyihasi sobiq xöjayinlar ya'ni inglizlar, fransuzlar, italyanlar tomonidan tuzulganligi sabab uzoq vaqt davomida mahalliy aholining ularni tomoşa qiliş imkoni bölmagan. Bugungi kunga kelib, Germaniyaning Reyndagi Vayl şahri “Vitra” dizayn muzeyida ommaga ularning maketlari taqdim etildi. Hozir bu inşootlarni öz uslubidagi eng ajoyiblari, deb e'tirof etiş mumkin.

“Piramida”, Abidjan, Fil suyaklari qirğoği

Me'mor: Rinaldo Oliveri

Italiyalik me'morning aytişiça, milliy uslubda modellaştirilgan bu inşoot savdo markazini jonlantiriş maqsadidabunyod etilgan. “Piramida” tugallanişi arafasida hayratlanarli darajada köriniş oldi. Lekin kutilgan natijani bermadi.

“Ivoire” mehmonxonasi, Abidjan, Fil suyaklari qirğoği

Me'morlar: Xaynts Fenxel va Tomas Layterdorf

Uni ma'joziy ma'noda kötariliş va qulaş mehmonxonasi desa ham böladi. Mehmonxona oçilganidan söng biznesmen va boy sayyohlarning e'tiborini öziga jalb etdi. Va aynan kötariliş ramziga ega böldi. Ammo keyinroq 90-yillarda mamlakatda davlat töntarişi sodir böldi. Muxolifatçilar inşootni özlariga ştab qilib olişdi. 2004 yilda esa Fransiya armiyasi tomonidan uning devorlari ostida bir qança afrikalik qözğolonçilar otib öldirildi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxona öz mavqeni tiklamoqda.

“Independence” mehmonxonasi, Dakar, Senegal

Me'morlar: Anri Şomett va Rolan Depre