22:33 / 15.12.2015
6115

Bloomberg 2016 yilga eng pessimistik prognozlar va voqealar rivoji ssenariylari ro‘yxatini chop etdi

Bloomberg axborot agentligi 2016 yilga eng pessimistik prognozlar va voqealar rivoji ssenariylari ro‘yxatini chop etdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz muxbiri.

Bu ro‘yxatda 1-o‘rinda neft narxining 100 dollarga ko‘tarilishi prognozi turibdi. Agentlikning fikricha, bunday narxlarga IShID Yaqin Sharqdagi neft oluvchi davlatlar infratuzilmasiga zarba bersa va OPeK a'zolari neft olishni oshira ololmasalar va buning natijasida yuzaga keladigan neft taqchilligi olib kelishi mumkin.

2-o‘rinda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi turibdi. Agentlikning ta'kidlashicha, Devid Kemeron bu masala bo‘yicha mayda referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi. Bunday vaziyatda London meri Boris Jonson Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi kampaniyasiga boshchilik qiladi va Kemeronning iste'foga ketishiga erishadi. Bu orada mamlakatning yirik banklari va ishlab chiqaruvchilari erkin savdo hududida qolishdan olinadigan foydani saqlash umidida o‘z operatsiyalarini xorijga o‘tkazadi. Buning natijasida mamlakat iqtisodiyotida uzoq davom etuvchi pasayish boshlanadi va funt sterling qadrsizlanadi.

3-o‘rinni xakerlarning banklarga hujum qilishi egallmoqda. Rossiyalik va eronlik xakerlar birgalikda AQShning moliyaviy sektoriga sanksiyalar uchun o‘ch olish maqsadida hujum uyushtiradilar. Ular muvaffaqiyatli ravishda savdo maydonlari birjalarni buzib kiradilar. Shu tariqa, moliyaviy tizimga ishonch yo‘qoladi, Federal zaxira tizimi tayanch foiz stavkasini oshirish rejasidan voz kechishga majbur bo‘ladi va dollar narxi pasayadi.

Yana bir ssenariy Yevropa Ittifoqi va muhojirlar bilan bog‘liq. Bu ssenariy Yevropa Ittifoqi shaharlari – London, Berlin, Myunxen, Rimda Parijdagi kabi teraktlar sodir etilishini ko‘zda tutadi. Yevropaning muhojirlar bilan to‘lib-toshgani ortida teraktlar YeIning barcha 28 davlatida global inqirozni keltirib chiqaradi. Shu tufayli Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zining muhojirlarga ko‘ngilchan munosabati ko‘pchilik nemislarning fikriga qarshi kelgani sabab iste'foga ketishga majbur bo‘ladi.

5-ssenariyda Donald Tramp keyingi yilda AQSh prezidenti bo‘ladi. U o‘zining saylovoldi va'dalarini bajaradi – soliq qonunchiligini yangilaydi, barcha joyda AQShning ishtirokini kuchaytiradi hamda ko‘p darajada musulmonlar va meksikaliklarga qaratilgan migratsiya siyosatini qattiqqo‘llashtiradi. U AQShni meksikaliklardan 2 ming km ga cho‘ziladigan devor bilan to‘sadi.

Yana bir pessimistik ssenariy Xitoy bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyoti inqiroz bosqichiga kirib, zaiflasha boshlaydi. Ishsizlik oshib boradi. Bu orada yangi AQSh prezidenti Janubiy Xitoy dengizida AQShning harbiy ishtirokini oshiradi va Pekinga qarshi bo‘lgan Tayvanga siyosiy va harbiy yordam berishga qaror qiladi.

Keyingi ssenariyda Isroil Eronning yadroviy obektlariga zarba beradi. Bu mintaqadagi ixtilofni yanada avj oldiradi, AQShda esa o‘z davlati mavqeini yaxshilash uchun boshqa davlatlarga nisbatan keskin choralar ko‘rish tarafdori bo‘lganlarning pozitsiyalarini kuchaytiradi. Natijada oltin narxi oshadi, Isroil kotirovkalari pasayadi, harbiy kompaniyalar aksiyalari ko‘tariladi. Eron bilan savdo bitimlari muzlatiladi va bu Yevropa neft kompaniyalariga og‘riqli ta'sir ko‘rsatadi.

Top