Iqtisodiyot | 15:46 / 28.12.2015
2539
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Ukraina Yevropadan ikki hissa ko‘proq gaz sotib oldi

2015 yil boshidan Ukraina Yevropadan 10.2 mlrd kub.m tabiiy gaz xarid qildi. Bu haqda “Ukrtransgaz” kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur son o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘pdir – 2014 yilda 5.1 mlrd kub.m gaz sotib olingan edi.
Rossiyadan gaz importi ikki barobarga kamayib, 14.1 mlrd kub.m dan 6.1 mlrd kub.m ga tushib ketdi.

1-27 dekabr o‘rtalarida Ukraina Yevropada 370 mln kub.m tabiiy gaz xarid qildi; yil so‘ngiga qadar yana 13 mln kub.m tabiiy gaz import qilish ko‘zda tutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish