Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faraday Future CES-2016da ming ot kuchiga ega elektromobilni taqdim etdi
AQShning Faraday Future kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan CES-2016 ko‘rgazmasida ming ot kuchiga ega FFZero1 sport elektrokarini namoyish etdi.
Tesla’ning bo‘lajak raqobatchisi qariyb 1.5 yil soyada ishladi. Faraday Future FFZero1 prototipi seriyali tarzda ishlab chiqarilishi shubha ostida, kompaniya superkarlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishigina mumkin. Uning ko‘rsatkichlari: umumiy quvvati ming ot kuchi bo‘lgan bir nechta elektromotor, 3 sekunddan kam vaqtda 100 km/soat tezlikka chiqadi, maksimal tezlik – 321 km/soat. Ammo bu xulosalar hozircha faqat nazariy asosga ega.
Salon Halo Safety System tizimi bilan himoyalangan bo‘lib, unda bir kishigina o‘tirishi mumkin; haydovchining shlemiga suv va kislorod uzatiladi. Bir nechta datchiklar real vaqt rejimida haydovchining biometrik ko‘rsatkichlarini kuzatib boradi.