Iqtisodiyot | 17:44 / 11.01.2016
3423
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: 2016 yilning eng yomon iqtisodiyoti Venesuela bo‘ladi

Bloomberg agentligi iqtisodiyoti 2016 yilda eng yomon natijalarni ko‘rsatadigan davlatlar o‘nligini e'lon qildi. Tadqiqot natijalari agentlikning saytida chop etildi.

Unga ko‘ra, eng yomon iqtisodiyotlar ro‘yxatida birinchilik Venesuelaga tegishli bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, 2016 yilda uning YaIMi 3.3 foizga tushib ketadi.

Akslireytingda ikkinchi o‘rin Braziliyaga “nasib” qildi (YaIM tushishi – 2.5 foiz). “Kuchli” uchlikka Gretsiya minus 1.8 foiz reyting bilan yakun yasadi.

4-o‘rinda turgan Rossiyada YaIM joriy yilda 0.5 foizga tushib ketishi aytilmoqda. Undan keyin o‘rinda turgan Ekvadorning ko‘rsatkichlari ham shunaqa.

O‘nlikka, shuningdek, Argentina (0 foiz), Yaponiya (1 foiz o‘sish), Finlyandiya (1 foiz o‘sish), Xorvatiya (1.1 foiz o‘sish), Shveytsariya (1.2 foiz o‘sish) kirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish