Iqtisodiyot | 15:12 / 11.01.2016
6499
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya iqtisodiyoti barqarorlashmoqda, tez orada ko‘tariladi

Rossiya iqtisodiyoti sekin-asta inqirozdan chiqib, barqarorlashmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bild nashriga bergan intervyusida ta'kidlab o‘tishicha, tez orada ko‘tarilish boshlanishi kutilmoqda.

“O‘ylashimizcha, sekin-asta iqtisodiyotimiz barqarorlashib boradi”, - dedi u.
Putin RF hukumati import o‘rnini bosish qatorida yana bir qator dasturlarga urg‘u berayotganini eslatib o‘tdi. Yuqori texnologik sohalar ham rivojlantirilishi ta'kidlab o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish