Jamiyat | 20:53 / 08.02.2016
14464
5 daqiqa o‘qiladi

Sharqiy Osiyo xalqlari oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayramini kutib olishdi

8 fevralga o‘tar kechasi Xitoyda Bahor bayramini (Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil) nishonlash boshlandi.

Xitoy taqvimiga ko‘ra, har-bir yilning o‘ziga yarasha talqin etadigan jonivori bor. Xitoyliklarning oy-quyosh taqvimidagi Yangi yil Grigoryan taqvimiga ko‘ra kechroq kirib keladi. Albatta, Xitoyda Grigoryan taqvimidan ham foydalanishadi, lekin Xitoyda udum bo‘lgan bayramlar sanasi Xitoy taqvimiga ko‘ra belgilanadi. Bu bayramlar qatoriga Xitoy Yangi yili ham kiradi, u bahor bayrami deb ham hisoblanadi. Grigoryan taqvimiga kiritilgandan keyin uni Yevropadagi Yangi yildan alohida holda shunday atay boshlashgan. 1 yanvar - Yangi yil boshlanishi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalqlarda Yangi yil aynan bahorda bo‘ladi, tabiatning qishki uyqudan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy udumlarga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil - yangi oy chiqishidan to birinchi oy siklining tugashigacha qishki quyosh turishi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Grigoryan taqvimiga ko‘ra, Xitoy Yangi yili 21yanvar va 21 fevral oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Azaldan Xitoyda Yangi yil asosiy va eng uzoq davom etadigan bayram bo‘lgan. Xitoy Yangi yilini faqatgina Xitoy mintaqasidagina emas, balki Honkongda, Makaoda, Tayvanda, Bruneyda va Indoneziyada, umuman xitoyliklar ko‘pchilik bo‘lib yashaydigan barcha hududlarda nishonlashadi.

Yangi yilga bag‘ishlangan bayram marosimlari 2 haftaga cho‘ziladi va fonuslar bayrami bilan yakunlanadi.

1. Manilada Yangi yil bayrami kirib kelishi munosabati bilan mushakbozlik

2. Bangkok aholisi Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni kutib oldi

3. Singapurdagi bayram tantanalari

4. Londondagi Trafalgar maydonida Yangi yilni nishonlashmoqda

5. Singapurliklar Yangi yilni kutib olishdi

6. Hindiston yarim oroli sharqidagi Kalkuttada Yangi yilni kutishmoqda

7. Sankt-Peterburgdagi buddistlarning «Datsan Gunzechoyney» ibodatxonasi oldida

8. Yana Manilaga qaytamiz

9. Pekinlik go‘zal qiz bayram tantanalarida ishtirok etish uchun chiqqan

10. Bangkok aholisi bayramni nishonlash vaqtida

11. Yaponiyaning Yokogama shahrida ham Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil kirib kelgan


12. Pekinning markaziy maydonida bayram tantanalaridan keyingi holat

 

Xitoy Yangi yili birinchidan – oilaviy bayram. Garchand, inson uzoq yillar davomida yolg‘iz yashasada, imkon qadar bu bayramni ota-onasi va oilasi bilan o‘tkazishi shart hisoblanadi. Yangi yildan oldin Xitoyda temir yo‘l kassalarida chiptalarga navbat ko‘p bo‘ladi, shuning uchun chiptalarni oldindan olish kerak talab etiladi.

Yangi yil kechasida dasturxon bayramona, to‘yimli va mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Stolda albatta tovuq, baliq, soyali pishloq bo‘ladi, chunki bu masalliqlarning nomi Xitoy tilidagi “farovonlik” va “baxt” so‘zlariga yaqin uyg‘unlikni bildiradi. Mamlakatning shimoliy qismida bayramda chuchvaralar iste'mol qilishadi. Janubda esa “nyan gao” deb nomlangan taom iste'mol qilinadi. Bu taom yopishqoq guruch bo‘lakchalaridan bo‘lib, ular yildan yilga hayotni yaxshilanishi ramzidir. Xitoy Yangi yilida tuni bilan hech kim uxlamaydi. Bu marosim “shou suy” – “yilni saqlamoq” deb nomlanadi. Xitoyliklar eshiklarga yangi yil tilaklari yozilgan qizil qog‘ozchalar yopishtirib qo‘yishadi. Bundan tashqari, eshikka teskari qilib baxt iyeroglifi yopishtiriladi. Yangi yilning birinchi kunida mushakbozlik va xushbo‘y hidli cho‘pchalar yoqiladi. Yangi yilning birinchi 5 kunida do‘stlar, sinfdoshlar, qarindoshlar, hamkasblar bilan uchrashib, ularni bayram bilan tabriklaydilar, lekin Yangi yilda sovg‘a taqdim qilinmaydi. Biroq, bolalarga “ya-suy-tsyan”sovg‘a qilinadi - maxsus qizil konvertlarda pul beriladi. Qadimiy an'anaga ko‘ra, Yangi yilning 15 kuni davomida uyga kelgan har bir bolaga pul sovg‘a qilinadi.