Kompyuteringiz klaviaturasidagi F va J tugmalarida kiçik börtiq borligiga heç közingiz tuşganmi yoki buning nima uçun kerakligi qiziqtirganmi? Bu haqda Interesting Engineering sayti javob berdi.

Klaviaturadagi uşbu börtiq çiziqçalar 2002 yilgaça kaşf qilinmagan. Ularning paydo bölişi esa tez va oson yozişda yordam bergan. Agar ikkala körsatkiç barmoqlaringizni ularning ustiga qöysangiz, klaviaturaning barça tugmalarini bosiş qulay bölib qolganini payqaysiz. Şu bilan klaviaturaga qaramasdan yoziş imkoniyati paydo bölgan.

Ba'zi kişilar klaviaturaga qarab, bir daqiqada ikkitagina söz yoza oladi. Bunda böyin ham egilib turadi va zarur tugmalarga köz yugurtirib çiqiş kerak böladi. F va J tugmalaridagi çiziqlardan foydalanişni örgansangiz hamda har bir barmoq uçun qaysi tugmalar mos kelişini yod olsangiz, tezroq yoza olasiz.

F va J tugmalarini bunday belgilaşni 2002 yilning iyunida E. Botiç taklif qilgan. Şundan beri bu börtiq çiziqçalar köpçilikning tez yozişida yordam berib kelmoqda.

Eslatib ötamiz, qançalik tez yoza olişingizni bilmoqçi bölsangiz, bir neçta saytlar mavjud. Ularda daqiqasiga 100 dan ortiq söz yoza oladiganlar uçratişingiz mumkin.