Sarkozi: Turkiyaga Yevropa Ittifoqida joy yo‘q va men bu fikrga doim amal qilganman
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi iTele telekanaliga bergan intervyusida Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkinligi teran aqlga zid kelishini aytdi.
“Turkiya Kichik Osiyoda joylashgan. Bu buyuk davlat, buyuk sivilizatsiya, biroq u Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi ko‘prikdir. Turkiyaga Yevropa Ittifoqida joy yo‘q va men bu fikrni doimo bildirib kelganman. Bu fikr teran aqlga asoslangan. Bu men turklarga qarshi nimadirga egaligimni anglatmaydi, ular bizga kerak, ular bizning NATOdagi ittifoqchilarimizdir”, deb Sarkozi aytgan so‘zlarni keltirdi TASS axborot agentligi.
Biroq Sarkozi “biz Turkiya Yevropa davlati deb tushuntira boshlaganimizda, unda maktab o‘quvchilariga Yevropa chegarasi Suriyadan o‘tishini tushuntirishimizga to‘g‘ri keladi. Bu esa teran aqlga to‘g‘ri kelmaydi”, deb aytdi.
Sarkozidan u nima uchun Turkiyani Yevropa Ittifoqida ko‘rishni istamasligi sabablari haqida so‘ralganda u gap nafaqat zamonaviy Turkiyaning bir qator yevropacha demokratik standartlarga to‘g‘ri kelmasligi haqida ketayotganini aytdi.
“Gap faqat bunda emas. Biz Yevropaga qanday g‘oyalarni singdirmoqdamiz? Yevropa Ittifoqi bu Yevropa davlatlari ittifoqi. Hattoki geografik nuqtai nazardan ham Turkiya Yevropa bilan Bosforda faqat bitta sohilga ega. Keyin boshqa savol paydo bo‘ladi, Turkiyani tarixiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan qanchalik Yevropa davlati deb hisoblash mumkin?”, deb izohladi o‘z fikrini Sarkozi.
Sarkozi agar Turkiya Yevropa davlati deb ta'kidlanayotgan bo‘lsa, unda “biz Yevropa Ittifoqi o‘limini istayotgan bo‘lamiz”, deb aytdi.
“Agar Turkiyani YeIga qo‘shish haqida gap ketayotgan bo‘lsa, unda bir narsani aytishga ijozat bering, Rossiya Turkiyadan ko‘proq Yevropa davlati bo‘lishga munosib”, deb qo‘shimcha qildi sobiq prezident.
Yevropa Ittifoqi va Turkiyaning muhojirlar muammosi bo‘yicha kelishuvi 20 martdan kuchga kiradi.
Bu kelishuvga ko‘ra, Anqara Gretsiya sohillariga noqonuniy kelgan qochqinlarni Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi viza cheklovlarining bekor qilinishi va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarning tezlashtirilishi hamda avval va'da qilingan puldan tashqari qo‘shimcha 3 mlrd dollar yevro evaziga ortga qaytaradi.