Fan-texnika | 20:11 / 29.03.2016
2820
9 daqiqa o‘qiladi

Stiv Jobsning XXI asrdagi internet borasidagi bashoratlari

1996 yilda Apple kompaniyasining asoschisi 1985 yilda kompaniyadan ketib, hali o‘z qadrdon kompaniyasiga qaytmaganida va u o‘z bo‘yniga rahbarlik yukini olmagan holatda kengroq faraz qila olishi mumkin bo‘lgan. Uning ba'zi fikrlari Wired nashriga bergan intervyusida o‘z aksini topgan, keyinchalik ular "dohiyona" deb atalgan – Jobs o‘z fikrlarining ko‘pida haq bo‘lgan, deb yozmoqda yablyk.com. Quyida uning shunday bashoratlaridan ba'zilari keltirilgan:

Internetsiz bir qadam ham bosib bo‘lmaydi

1996 yilda veb-muhit o‘z maqomini "Jahon axborot o‘rgimchak ini"ga aylantirdi va uning keyingi kattalashishi miqyosini istalgan malakali mutaxassis taxmin qila olgan. Jobsning xizmati shundaki, u "tarmoqqa istalgan joyda kirish" g‘oyasini ishlab chiqqan – u bu bilan mohiyatan hozirda "mobil internet" deb nomlanuvchi xizmatni nazarda tutgan. Stiv internet bu ko‘rinishda yangi, juda qiziq xususiyatlar olishini aytgan. Hozirda biz buni ko‘rmoqdamiz.

Tijoratchilar internet egalariga aylanadilar

Jobs axborot fazosida hokimiyat kimga tegishli bo‘lishi haqidagi savolga javob bera turib, u ochiqchasiga unga savdo bilan shug‘ullanadiganlar egalik qilishini aytgan. Ular avval internetda ko‘plab do‘konlar ochadilar, so‘ngra xaridorlarni u orqali tovar va mahsulotlar xarid qilishga o‘rgatadilar, so‘ngra asosiy moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni egallab oladilar. Bu bashoratning yorqin isboti bo‘lib Amazon kompaniyasining tarixini keltirish mumkin – u bir vaqtlar qo‘rqibgina raqamli makulaturani sotishga harakat qilgan, hozirda esa Walmart kabi gigant chakana savdo tarmoqlari Jyeff Bezos yaratgan Amazon orqasidan yetib olishga harakat qilaman deb toyib ketmoqdalar.

Ishlab chiqaruvchi va iste'molchi bir-biriga yaqinroq bo‘ladi

Jobs vositachilik tuzilmalari haqida ishchi jarayonlarni tormozlaydigan va buyumlarni ularning asl narxidan qimmatroq qiladigan yaramas narsadek gapirardi. Uning fikricha, bu biznes uchun tayanch emas, to‘sqindir. Yangi axborot kanallari paydo bo‘lishi bilan ishlab chiqaruvchi va uning mahsulotiga ehtiyojmand iste'molchi deyarli bir-biriga qo‘l uzatsa yetadigandek masofaga yaqinlashadilar. Bu nomoddiy qadriyatlarga nisbatan ham dolzarbdir – ko‘plab startaplar, frilans va autsors xizmatlari bunga misol bo‘ladi. Buyurtmachi ommaviy mahsulot o‘rniga unga aynan nima kerak bo‘lsa, shuni oladi. Va hech ham vositachilarni "boqishga" shoshmaydi.

Internetni rad etadiganlarni inqiroz kutadi

Jobsning fikricha, internet kundalik hayotga qanchalik tig‘izroq kirib borsa, u an'anaviy tartibda ishlaydigan kompaniyalarga shunchalik muammolar tug‘diradi. Ularni kamida ziyonlar va mashaqqatli o‘zgarishlar kutadi, bunga ko‘proq chidaydiganlar esa eng ko‘p og‘riqqa uchraydi, ular hattoki majburiy va yakuniy inqirozga uchrashi mumkin.

Dasturlar mashhurligi

Jobs Ajax va Web 2.0 paydo bo‘lguncha, saytlarning murakkablashishini va mutlaq yangi mahsulot – to‘liq funksional veb-dasturlarning paydo bo‘lishini ko‘ra olgan. Oddiy shakllar endi odamlarni qoniqtirmaydi, agar 1996 yilda FedEx pochta xizmati saytida jo‘natmaning harakatlanishini kuzatish funksiyasi hayrat uyg‘otgan bo‘lsa, bugungi kunda 2 mln ga yaqin bir vaqtda ulanishlar va o‘nlab boshqa virtual dunyolarga ega onlayn-o‘yin oddiy holdir.

Barcha bosqichlardagi virtual shoping

"Konservativ savdo zalining zaif joyi – uning moddiyligidir. Bu katta uskuna uchun moliyaviy xarajatlar ham, vandallik tahdidi ham, ajratilgan joyda butun assortimentni taqdim qilishning jisman imkoniyati yo‘qligidir. Misol uchun, avtomobil kuzovi rangi – o‘nta "temir-tersak"ni yonma-yon qo‘yish o‘rniga, bitta neytral oq rangdagini qo‘yib va xaridorga uni kompyuter ekranida kerakli rangga bo‘yovchi dasturga ega CD-diskni berish osonroqdir.

Hozirda CD-disklardan deyarli foydalanmaymiz, biroq yuqoridagi g‘oya qo‘llanmoqda – bunga Tesla avtokompaniyasining savdo metodikasi misol bo‘ladi oladi. Butlanishning tanlovi va savdo do‘konga borish ehtiyojisiz amalga oshadi va mamnun xaridor o‘zining arzon bo‘lmagan avtomobilini pochta orqali olganda birinchi bor uning ruliga o‘tiradi.

Pitstsa yetkazib berish yoki kantselyariya tovarlarini sotib olish haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Apple bunday savdo uslubini birinchilardan bo‘lib amalga oshirishni boshladi, qolganlar esa bu tajribadan foydalanishni orqaga surib o‘tirmadilar.

Kompyuterlar bozori uchun qorong‘i vaqtlar

Jobs Wired nashriga bergan intervyusida an'anaviy shaxsiy kompyuterlar segmentiga ayanchli taqdirni bashorat qilgan – bu segment keyingi 10-15 yil ichida turg‘unlikdan inqirozgacha tubanlab ketadi. 2006 yilda kompaniya Intel protsessorlaridan foydalanishga o‘tdi va o‘shandan beri qandaydir o‘sishni namoyon qilayotgan desktop va noutbuk ishlab chiqaruvchi oz kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Microsoft bo‘lsa, o‘ziga haddan ortiq ishonchning jabriga aylandi va hozirda barcha yo‘nalishlarda birdaniga ish olib borib, o‘ziga "quyosh ostida joy topish" ilinjida u yerdan-bu yerga o‘zini urmoqda.

Ma'lumotning "bulutlarga" migratsiyasi

Siz elektron pochta orqali ko‘plab muhim ma'lumotlarni olasiz, biroq maktublar serverini nazorat qila olmaysiz. Bu shu ma'nodaki, bizga cho‘ntakda uni olib yurish va uni qo‘lda boshqarish kerak bo‘lmaydi. Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra virtual ombordir va insoniyat bundan omborlarga borgan sari intiladi. Bugungi kunda iCloud, Google Drive, Yandeks.Disk bulutli omborlari va shularga o‘xshash tuzilmalarni ishlatish ko‘plab tashkiliy jarayonlarning boshiga qo‘yilgan.

Maktablar modernizatsiyasi

Stiv Jobs ta'lim muassasalarida yangi texnologiyalarning tatbiq etilishi tarafdori bo‘lganiga qaramasdan, 1996 yilda kompyuter o‘z-o‘zicha maktab o‘quvchisini aqlli qilib qo‘ymasligini tan olardi. "Noutbuk bolaga faqatgina o‘qishida kerak", deb aytardi Jobs. Uning fikricha, "oddiy" savodxonlik bilan "axborot" savodxonligi bir butun bo‘lishi uchun avval ta'lim tizimida chuqur islohotlar o‘tkazish kerak. Davlat maktablarida bu hozircha ekzotika hisoblansa, biroq Jobsning bevasi ulardan ko‘pining homiysi hisoblanadigan xususiy ta'lim muassasalarida bu g‘oya ildiz otgan.

Axboriy qayta yuklanish va iPhone

Stiv Jobs 1996 yildagi intervyusida "bugungi kunda, internet haqida sayyoramizning yarmi hali ham hech narsa eshitmagan paytda, odamlar haddan ziyod ko‘p ma'lumotlar yuki ostida esankirab qolmoqda", deb aytgan. Ular uzluksiz axborot oqimini o‘zlashtirish va qo‘llashga qodir emaslar, yangi instrumentlarning paydo bo‘lishi esa evolyutsiya va raqamli muhitning kengayishini qisman kompensatsiyalaydi. Va u foydalanishda noqulay va beso‘naqay bo‘lib qolguncha, dunyoni tubdan o‘zgartirishga qodir emas.

"Ha yangiliklar bo‘ladi. Biroq bularning barchasi odamlar birinchi bor televizorni yoqqani yoki chekka qishloqda birinchi radioeshittirishni eshitgani oldida hech narsa emas. Biz hozirda shunga o‘xshash inqilobiy narsa yaratishga qodir emasmiz", deb aytgandi Jobs. Ehtimol, bu Jobsning eng g‘alati va ziddiyatli prognozlaridan biri bo‘lsa kerak, chunki u 11 yil o‘tib dunyoga uni o‘zgartira olgan birinchi iPhone’ni taqdim qildi.