1 aprel kuni dunyoning bir qator mamlakatlarida "Hazil kuni" va "Aldaş kuni" nişonlanadi. Şu kuni yaqin döstlar bir-birlari bilan hazillaşişadi.
1 aprel kuni bir marta bölsa-da jilmayib qöymaydigan odam deyarli topilmaydi. Birinçi aprel bir-biriga haddi siğadigan, qalbi pok insonlarning bayrami. Taqvimda qizil bilan belgilab qöyilmagan bayramni butun dunyoda nişonlaş an'anaga aylangan. Tahlilçilarning fikriça, bugun köpçilik bir marta bölsa-da kimdir bilan hazillaşadi. Çinakamiga xalqona bölgan bu bayramda Yangi Zelandiya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Janubiy Afrika kabi mamlakatlarda tuşga qadar hazilaşişadi. Tuşdan keyingi hazilni “aprel tentakliklari” deb ataşadi.
Manbalarda ilk bor 1509 yilda fransuz şoirlaridan biri “Poisson d’Avril” (Aprel hazillari) xaqida yozib qoldirgan. Lekin ilk bor hazil kuni 1686 yilda ötkazilgani aytiladi.

Özbeklarning askiyasi bir neça ming yillarga, hatto ibtidoiy jamoa tuzumiga borib taqalişi aytiladi. Gulxan atrofida töplangan ajdodlar bir-birlari bilan hazillaşgani, şu tariqa askiya san'ati paydo bölgani olimlar tomonidan isbotlangan. Askiya qadim-qadimdan beri ajdodlar madaniyatining bir qismi sifatida köriladi. Ayni damda askiya YuNeSKO tomonidan Insoniyatning jahon nomoddiy madaniy boyliklari röyxatiga kiritilgan.
Hozir Yevropada nişonlanayotgan birinçi aprel kuni esa odamlarning bir-birlarini aldaşdan boşlangan. Ayrim taxminlarga köra bahor havosining özgarib turişi ham bu bayramga asos bölgan bölişi mumkin. Germaniyaga Hazil kuni Fransiyadan kirib kelgan.
Yevropada Birinçi aprel bayrami XVI asrda paydo bölgan. Bunga fransuz qiroli Karl Birinçining 1564 yilda yangi yilni 1 apreldan 1 yanvarga köçiriş töğrisidagi farmoni sabab bölgan. Ammo odatga köra odamlar 1 aprelda bir-birlarni yangi yil bilan tabriklayverişgan. Ammo bayram xaqiqiy bölmagani bois sovğalarni hazil sifatida qabul qilişgan. Masalan, böm-böş qutilar sovğa qilingan. Vaqt ötişi bilan hazil birinçi aprel an'anasiga aylanib qolgan. Bu an'ana hamon davom etmoqda.
Yaqinda topilgan Philogelos (kulgi işqibozlari) deb nomlangan hujjatda qadimiy kulgi haqida tasavvur uyğotadi. Gretsiyadan topilgan bu hujjat mualliflari Giyerokl va Filagrius bölib, milodning uçinçi yoki törtinçi asrlariga oid bölib, unda 260ga yaqin hazil yozilgan.
Yozuvçi Belinskiy yozganidek, kulgi haqiqatni yolğondan farqlaşda vosita böladi. Insonda öz qadrini biliş tuyğusini uyğotişga qodir. Bugungi kunda kulgining turlari köp. Masalan, hazil, parodiya, hajv, latifa, askiya kabi söz öyinlarini keltiriş mumkin. Şu örinda Afandi latifalarini esga olamiz. Ötmişda xalq biror narsani hajv qilmoqçi bölsa, Afandi latifalarini töqigan. Latifa qiziqarli voqea borasida qisqaça hikoyadir. Latifa asosan oğizdan-oğizga ötib keladi. Latifalar insonlar faoliyatining barça sohalarini qamrab oladi. Latifalarni ikkiga ajratiş mumkin. Birinçisi, faqat kuldiriş uçun töqib çiqarilgan bölsa, ikkinçi latifada hayot xaqiqatlari öz aksini topadi. Latifalar kuldiriş bilan bir qatorda kişini öylantiradi. Eng qiziği, latifalarning muallifi kim ekani hamişa ham ma'lum bölmaydi.







