11:05 / 05.04.2016
9794

Yapon chittak qushi "gaplar tuza olishga" qodirligi aniqlandi

Olimlar sharq chittagini kuzatib, yovvoyi jonzotlarda sintaksisga, ya'ni bir necha qandaydir ma'noni anglatuvchi tovushlardan yangi bir ma'noni anglatuvchi gap tuza olish qobiliyatini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Nature Communications nashri.

Ko‘plab jonzotlar bir-biri bilan aloqa qilish uchun tovushlar va talaffuzlar to‘plamidan foydalanadi, biroq bu ovoz kombinatsiyalari biror ma'noga ega emas va mos ravishda, "sintaksis" tushunchasini ularga qo‘llab bo‘lmaydi.

Qushlar chiqaradigan tovushlar o‘zidan tartiblangan notalar birikmasini aks ettiradi. Bu tovushlar kombinatsiyasidan olimlar harakatga chorlovchi ikkita "gap"ni ajratib olishdi, ulardan biri "ABC", ikkinchisi "D" qilib belgilandi.

"ABC" sayrash chittaklarda "Xavfli!", "D" esa "Bu yerga uch!" degan ma'noni anglatishi aniqlandi.

Yapon qushlarining yangi gaplarni tuza olish va anglashga qodirligiga ishonch hosil qilish uchun biologlar antiqa tajriba o‘tkazishdi: ular bir nechta tovushlar ketma-ketligini tuzishdi va qushlarning ularga reaksiyasini tekshirishdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ABC-D birikmasi qushlarni kerakli yo‘nalishda, yuqori e'tiborlik bilan uchishini anglatgan.

Biroq D-ABC birikmasi samara bermagan – qushlar bu "gapga" hech qanday reaksiya bildirishmagan.

Ayni vaqtda mutaxassislar nima uchun bu qobiliyat aynan shu qushlarda paydo bo‘lganiga aniq javob bera olishmayapti.

Yaponiyalik olim Toshitaka Sudzuki boshqa yovvoyi hayvonlar ham bir-biri bilan "muloqot qila olishlarini" taxmin qilmoqda, biroq uning aytishicha, avval jonzotlarda bu qobiliyatni kuzatishga hech kim muvaffaq bo‘la olmagan.

Top