Ekspertlarning fikriça, 2030 yilga borib, dunyoda sotiladigan avtomobillarning 30 foizini elektromobillar taşkil qiladi. Bu, öz navbatida, neft qazib oluvçi mamlakatlar uçun xavf sifatida köriladi. Yaqin kelajakda elektromobillar sonining ortişi oqibatida benzin va dizel yoqilğilarga talab keskin kamayib ketişi taxmin qilinmoqda.
Yaqin-yaqingaça elektr avtomobili deganda fantastik filmlardagi maşinalar köz öngimizda gavdalanardi. Ammo bugungi kunda elektromobillardan foydalaniş urfga kirib böldi. Elektromobillarga qiziqiş neft inqirozi kuzatila boşlagan ötgan asrning 70-yillarida paydo böldi. Ommaviy tarzda esa 90-yillarda işlab çiqarila boşlandi. Elektromobillarni işlab çiqarişga jahondagi barça yirik kompaniyalar kirişib ketdi. Töğri hozirça, elektromobillar oddiy avtomobillar darajasiga yetib olgani yöq. Tezligi kamligi sabab haydovçilarning könglidan joy topa olganiça yöq. Ammo nima bölganida ham, jahon avtomobil sanoatida elektromobillarga talab ortib bormoqda. Ayni damda bu sohada AQŞ va Xitoy oldingi örinlarni egallamoqda. 2015 yil bu borada keskin özgarişlar davri bölgani aytilmoqda. Tahlilçilarning fikriça, 2015 yilda jahon bozorida 600 mingta elektromobil sotilgan. Şundan 180 mingtasi AQŞ hissasiga töğri keladi. Xitoyda ötgan yili 2014 yilga nisbatan uç barobar köp elektromobil sotilgan. Fevral oyida Xitoy Fan va texnologiyalar vaziri Van Gan bayonot berib “osmon osti mamlakati” 2015 yilda elektromobillar savdosi böyiça jahonda birinçi öringa çiqib olganini bildirdi. Ötgan yili Xitoyda 370 mingdan ortiq elektromobil sotilgan. Ayni damda mamlakatdagi elektromobillar soni 497 mintani taşkil qiladi.

Germaniyalik avtoekspert, professor Ştefan Bratselning sözlariga qaraganda işlab çiqaruvçilar tomonidan taklifning köpaygani Xitoyda elektromobillarning köp sotilişiga sabab bölgan. Şu bilan birga, atmosfera havosining ifloslanişi bois Xitoyning yirik şaharlarida içki yonuv dvigatelli avtomobillarni röyxatdan ötkaziş ança murakkablaşmoqda. Bu, öz navbatida, elektromobillarga bölgan talabning oşişiga sabab bölmoqda.
Elektromobillarning ommalaşişiga quvvatlantiruvçi şoxobçalarning ham örni katta. Bu kabi şoxobçalar yetişmas ekan elektromobillarga bölgan talab ham köpaymaydi. Elektromobilga ega şaxslar uçun eng qulay mamlakat AQŞ ekani tan olinadi. Bu mamlakatning ğarbiy sohillaridagi San-Diyego, San-Frantsisko va Portlend şaharlarining har birida benzindan voz keçib elektromobillar xarid qilganlar uçun yuzdan ortiq “quvvatlantiruvçi” stansiyalar faoliyat yuritadi.
Şanxay rasmiylari 2020 yilga borib elektromobillarni quvvatlantiruvçi şoxobçalar sonini 10 barobar köpaytirşni rejalaştirmoqda. Bugungi kunda bu kabi şoxobçalar soni 21 ming 700 tani taşkil qiladi. Tört yildan keyin ularning soni 210 mingdan oşib ketişi kutilmoqda. Rasmiylarning rejasiga köra, har yettita elektromobil uçun kamida bitta maxsus quvvatlantiruvçi şoxobça töğri kelişi kerak.

Hozirça “köhna qit'a” mamlakatlari bu sohada “okean orti” va “osmon osti mamlakati”dan ortda qolib ketgan. Ammo nisbatan köp sotilayotgani ma'lum böldi. Buyuk Britaniyada sönggi bir yilda elektromobillar xaridi 16,5 mingtadan 28 mingtagaça oşgan. Fransiyada esa 16 mingtadan 27 mingtagaça yetgan. Bu körsatkiç Norvegiyada 25 mingtani taşkil qildi. Yevropadagi eng yirik avtobozor bölmiş Germaniya oltinçi örinda bormoqda. Bu mamlakatda 2014 yilda 13 mingta elektromobil sotilgan bölsa, ötgan yili 23,5 mingta elektromobil xarid qilingan.
Tahlilçilarning fikriça, hozirça elektromobillarga talab kam bölişiga qaramay, bu rusumdagi elektromobillar insoniyatning kelajagi ekani tan olinadi. Çunki elektromobillar ekologik toza energiyadan quvvatlanadi.
Yaqin-yaqinlargaça gazning benzindan afzalligi haqida köp gapirilar edi. Endi esa matbuotda elektr dvigatelli avtomobillar haqida yozilmoqda. Şuni tan olib aytiş kerakki, elektromobillar avtomobillardan avval paydo bölgan. Elektromobil haqida ilk bor 1841 yilda gapirila boşlangan edi. Biroq öşa yillari transportning bu turi bir qator muammolar bilan töqnaş keldi.
Bugungi kunda jahon mamlakatlarida elektromobillarga talab oşib bormoqda. Bunga bir neça yil avval neft narxining kötarilişi ham sabab bölgan edi. Bugungi kunda “qora oltin” narxi birdan tuşib ketdi. Biroq elektromobillarga bölgan talab kamayotgani yöq. Bunga asoslar ham bor.
Inglizlar transportning yangi turini “yaşil avtomobil” deb ataşmoqda.
Elektromobillar kundalik turmuş tarzimizning bir qismiga aylanib borayotgani aniq. Endi ortga qaytişning iloji yöq. Yildan yilga yöllarda harakatlanayotgan elektromobillar soni ortib bormoqda. Bir söz bilan aytganda, aynan elektromobillar kelajak transportiga aylanib bormoqda. Elektromobillarni rivojlantiriş maqsadida hayotga yangidan yangi ğoyalar, innovatsiyalar joriy etilmoqda. Ayni damda bir qator mamlakatlarda elektromobillarni xarid qiluvçilarni rağbatlantiriş maqsadida maxsus dasturlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Ekologiyaga deyarli salbiy ta'sir körsatmaydigan elektromobillarning bir qator afzalliklari mavjud. Masalan, avtomobillarga nisbatan yoqilği kamroq sarflanadi va harajati ozroq. Elektromobil atmosferaga zaharli gazlarni deyarli çiqarmaydi. Agar yöl transport hodisasi yuz bergudek bölsa, elektromobillarda yonğin çiqiş ehtimoli juda ham kam.
Şarofiddin Tölaganov






