Rossiya Markaziy banki rahbari: Rublning zaif kursi Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaning aytishicha, rublning zaif kursi Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda, bu esa iqtisodiyotning dollarlashuviga va moliyaviy pufaklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Markaziy bank rahbarining so‘zlariga ko‘ra, rublning zaif kursi moliyaviy pufaklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
"Yana bir muhim salbiy natija - bu dollarlashuvga olib keladi, chunki odamlar Markaziy bankning kursni mustahkamlashni ortga surayotganini tushunib yetishmoqda. Albatta, fuqarolar nima qiladi? Ular pulni valyutada saqlab turishadi, chunki rubl zaiflashishi mumkin va bu salbiy natija", - dedi Nabiullina "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida.
Hozirgi paytda Moliya vazirligi 2018 yildan keyin ishga tushirilishi kerak bo‘lgan yangi byudjyet qoidalari parametrlarini ko‘rib chiqmoqda va mualliflarning g‘oyalariga ko‘ra, byudjyetdagi neft-gaz daromadlaridan foydalanishni cheklashi kerak.
Moliya vazirligining bildirishicha, byudjyet qoidasidagi asosiy maqsad - bu byudjyet balansi emas, balki umumiy makroiqtisodiy muvozanat masalasidir.
RF moliya vaziri o‘rinbosari Maksim Oreshkinning fikricha, vazifa - "rublning joriy kursini uzoq muddatga uchuvchanligini pasaytirish".
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar neft bahosi bir barrelga 40-50 dollarlik belgilangan qiymatdan oshsa, uzoq muddatli byudjyet qoidasi valyutani majburiy sotib olish Rossiya Banki tomonidan ochiq bozorda amalga oshirilishini, agar yig‘ilgan rezervlardan foydalansa, sotishni ko‘zlashi kerak.