Jamiyat | 13:38 / 21.04.2016
3406
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar shamollash chog‘ida insonlar biroz aqldan ozishlarini aniqlashdi

Virusli infeksiyalar paydo bo‘lganida miya organizmni kasallikka qarshi kurashishiga yordam beruvchi oqsillar ishlab chiqaradi. Biroq shu bilan birga, bu vaqtda xotira va diqqat markazi zaiflashadi.

Shamollash yoki gripp bilan kasal bo‘lgan kishilarning diqqatni bir yerga jamlashi va hayotdan zavq olishi qiyinlashadi. Bu hol faqatgina tomoq og‘rig‘i yoki qattiq shamollash hisobiga yuz bermaydi.

Virusli infeksiyani qabul qilgan inson miyasi CXCL10 oqsilini ishlab chiqaradi. U esa, o‘z navbatida, xotira, diqqat va kayfiyatga javobgar bo‘lgan miya qismi – gippokamp neyronlarining faoliyatini yomonlashishiga olib keladi.

Lekin aynan shu oqsil organizmni turli kasalliklar, jumladan, rak va gepatit bilan kurashishiga yordam beradi. Bu haqida Amerika olimlarining tadqiqotlari chop etilgan Immunity jurnalida yozib o‘tilgan.

Olimlar o‘z nazariyalarini isbotlash uchun sichqonlarda tajriba o‘tkazishdi. Zararlangan kemiruvchilarni suvga solishdi. Natijada, ular sog‘lom holatda bo‘lganligiga nisbatan kasal holda uzoq vaqt harakatsiz bo‘lib qolishdi.