Köpçilik yangi joyga borganida uxlaşga qiynaladi. Olimlarning fikriga köra, bu yangi joy xavfsiz emas deb qabul qilinganidan sodir böladi. Şuning uçun miyaning yarmi huşyorlikni saqlagan holda yengil mudraydi, xolos. Tadqiqot Current Biology jurnalida çop etildi.
Tadqiqot davomida miyani skanerlaşning turli uslublari, jumladan, MRT (magnit-rezonansli tomografiya) qöllandi. Notaniş joyda odamlarning uxlaşi qiyin keçişi, miya şarining çap qismi esa odatdagidan köra yengil uyquga ketişi olimlar e'tiborini tortdi. Bundan taşqari, miya noodatiy ovoz va boşqa taşqi omillarga keskinroq ta'sirlanişi aniqlandi.
“Olingan xulosalar begona joyda uxlaş qiyinçiligi noodatiy va xavfli muhitda yaşovçanlikni ta'minlaş uçun zarurligi töğrisidagi gipotezani tasdiqlaydi. Bu bitta yarim şarning ikkinçisiga nisbatan bedorroqligi hisobiga amalga oşadi. Şuning uçun, uxlayotgan odam notaniş taşqi signallarga osongina uyğonadi”, - aniqlik kiritdi Braunovskiy universiteti kognitiv lingvistika va psixologiya böyiça mutaxassis, tadqiqotning yetakçi muallifi Yuka Sasaki.
Biroq, tadqiqot mualliflari ta'kidlaganidek, inson miyasi oson moslaşadi. Şuning uçun, tez-tez yangi joylarda böladigan odamlar har doim ham uyqu bilan boğliq muammoga duç kelaverişmaydi.






