Light | 19:25 / 24.04.2016
5474
2 daqiqa o‘qiladi

Lola Karimova o‘z instagramida noyob o‘zbek matolari haqida so‘z yuritdi

Lola Karimova-Tillayeva o‘zining instagramdagi sahifasida o‘zbek mato tayyorlash texnologiyasi haqida so‘z yuritdi.

"O‘zbek zamini asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelayotgan va xalqimizning bebaho madaniy merosi bo‘lmish matochilik ana'nasi bilan xaqli ravishda faxrlanadi", — deb yozadi u.

U instgarmdagi obunachilariga tushuntirishicha, O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan noyob ipak matolarning o‘z tarixi va ana'nalari bor.

"Ular abr matolar deb atalib, bu atama «bulut», ya'ni tarxi bulutsimon ko‘rinishdagi bezaklar ma'nosini anglatadi", — deydi u.

Lola Karimovaning ta'kidlashicha, hozirgi kunda, O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan, xalqimizning tarixiy to‘qimachilik merosini saqlash maqsadida, o‘zbek milliy matolarini ishlab chiqarish usullarini YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosga aloqador Ilg‘or Tajriba to‘plamiga kiritish bo‘yicha ish olib borilayapti.