Vostoçniy kosmodromidan birinçi raketa parvozi amalga oşirildi. "Soyuz-2.1a" raketa-taşuvçisi "Mixaylo Lomonosov", "Aist-2D" va SamSat-218D sun'iy yöldoşlari bilan 28 aprelda Toşkent vaqti bilan soat 07:01 da fazoga kötarildi. Foydali yuklamani orbitaga "Volga" tezlaştiruvçi bloki yetkazadi. Bu haqda "Roskosmos" agentligi matbuot bayonotida ma'lum qilindi.
Raketaning boş qismining 3-poğonadan ajralişi 07:10ga belgilangan edi. SamSat-218D nanoyöldoşi "Volga" blokidan 09:07 da, undan 10 soniyadan keyin "Mixaylo Lomonosov" va "Aist-2D" yöldoşlari ajralişi kerak. "Soyuz"ning 1-poğonasi Amur viloyatiga, 2-poğonasi va boş obtikatel esa Yoqutistonga tuşişi hisoblab çiqilgan. Raketaning 3-poğonasi esa orbitada kosmik çiqindi sifatida qoladi. "Volga" blokining yonib ketmagan bölaklari okeanning kemalar qatnamaydigan hududiga soat 14:05 da tuşadi.
Raketaning 27 aprelga belgilangan parvozi texnik sabablarga köra parvozga 1,5 daqiqa qolganda avtomatik rejimda bekor qilingandi.
"Mixaylo Lomonosov" yöldoşi koinot tadqiqotlari ötkaziş, Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida tranziyent yoruğlik hodisalari, magnitosferaning radiatsion xarakteristikalarini örganiş uçun möljallangan. Qurilmani Yerdan 490 km balandlikda uçiriş möljallangan. Yöldoşning oğirligi 645 kg ni taşkil qiladi. Yöldoşning rejalaştirilgan xizmat muddati 3 yilni taşkil qiladi. Yöldoşga Mixail Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti buyurtma bergan, "VNIIEM" korporatsiyasi tomonidan yaratilgan.
"Aist-2D" Yerni masofadan zondlaş optik-elekron qurilmasining oğirligi 531 kg ni taşkil qiladi va yangi obektivga ega.
SamSat-218 nanoyöldoşi esa texnologik va ta'limiy vazifalarni bajariş uçun möljallangan. U nanoyöldoşlarning oriyentatsiyasini boşqariş algoritmlarini sinovdan ötkaziş uçun qöllanadi. Olimlar uning bortidagi jarayonlarni GlobalStar yöldoşli aloqa tizimiga ulangan mobil qurilma yordamida boşqarişmoqçi.
"Soyuz" raketasi va "Volga" tezlaştiruvçi bloki "Progress" raketa-kosmik markazida yaratilgan.






