21:52 / 05.05.2016
10893

Saudiya Arabistoni maxsus kuchlari terrorchilikda gumon qilinganlarni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazdi

Saudiya Arabistoni maxsus kuchlari IShID tashkilotiga a'zoligi gumon qilingan shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotlarni davom ettirmoqda. Bugun Makka shahridan sharqdagi Naaman vodiysida 4 nafar gumondorni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazilgan. Bu haqda milliy xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga asoslangan holda "Sabak" gazetasi xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, amaliyot 5 may kuni ertalab boshlangan va unda aviatsiya kuchlari ham ishtirok etgan. Gumonlanuvchilar shahar yo‘li yoqasidagi 2 qavatli binoga yashirinishgan. Ulardan 3 nafari amaliyot chog‘ida o‘ldirilgan.

Joriy haftada arab nashrlarida Suriya va Iroq hududidagi IShID safida Saudiya Arabistoni fuqarolari bo‘lgan 3 mingdan ortiq kishi janga qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top