Alişer Xalilov 1988 yil, 21 fevralda Toşkent viloyati, Olmaliq tumanida tuğilgan. San'atga bölgan qiziqiş beş yoşligidan paydo bölgan. Alişer Xalilovning kelajakda san'atni tanlaşiga onasi turtki bölgan. Qolaversa, u 12-13 yoşligida marhum ustoz san'aktor Muhriddin Xoliqovning qöşiqlarini tinglab, kelajakda u kabi serqirra ijod qilişni, xalqçil qöşiqlar yaratişni maqsad qilib qöyardi. Alişer maktab va tumanlararo ötkazilgan barça tadbirlarda faol iştirok etardi.
2010 yilda bölib ötgan “Özbekiston seni kuylayman” nomli festivalning viloyat bosqiçida maqom yönalişi böyiça faxrli 1-örinni egalladi. 2010 yilda bölib ötgan “Yagonasan muqaddas vatan!” körik tanlovining Respublika bosqiçida 3-örinni egalladi.
2006 yilda Hamza nomli musiqa kollejining an'anaviy xonandalik bölimini bitirib, hujjatlarini Özbekiston Davlat san'at institutiga topşirdi. Soğliği pand berişi tufayli institutdagi öqişni taşlaşga majbur bölgan Alişer Halilov, ikki yildan söng yana omadini sinab körişga ahd qildi. Ikki yil davomidagi izlanişlari samarasi ölaroq, Alişer bu gal Özbekiston Davlat san'at institutiga grand asosida öqişga qabul qilinadi.
Alişer Xalilov Tursunoy Ismiyaminova, kollejda Hurriyat Isroilova, institutda Ölmas Rasulov, Boir Holimirzayev singari ustozlar qölida musiqa sirlaridan saboq oldi.
Alişer Xalilov ijodini boşlaganiga heç qança vaqt bölmay, bugungaça “Şaydo”, “Laylo”, “Kelinçak”, “Sensiz men tanho”, “Kelinçak”, “Ayol”, “Farğonaning yöllari”, "Şunga şunçami" va "Kabutarim" kabi qöşiqlarni kuyladi.
Alişer Xalilovning san'atga kirib kelişdan maqsadi kamtarona ijodi bilan özbek milliy va zamonaviy estrada qöşiqçiligi san'atiga oz bölsada özining munosib hissasini qöşişdir...
Qalbi san'atga oşufta bölgan yoş xofiz öz dilidagilarni samimiy tarzda ifoda etdi: -Muhriddin aka zamonida ijod qilmaganimdan, u kişidan bevosita talim olmaganimdan afsuslangan paytlarim bölgan. Ammo menga bir narsa dalda beradi, ustoz Muhriddin aka oramizda bölmasalarda, u insonning munosib şogirdi, maslahat olişim uçun men havas qilgan Ozodbek Nazarbekov bor. Ozodbek Nazarbekovga ovozim öxşaganligi uçun, köpçilik mendan u kişidan talim olib turasanmi, deya söraşadi. Mening javobim esa şunday: Ustozning har bir yaratgan taronalari men uçun talim - oçiq dars vazifasini ötaydi. Fursatdan foydalanib ğoyibona ustozim Ozodbek akaga çin dilimdan soğlik tilab, öz minnatdorçiligimni bildiraman!







