Light | 20:00 / 14.05.2016
30337
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng xavfli 6ta ilmiy kasbi

Olimlar barcha zamonlarda  nafaqat og‘ir aqliy mehnatni amalga oshirishgan, balki hayotlarini ham ko‘p marta garovga qo‘yishlariga to‘g‘ri kelgan. O‘rta asrlarda o‘latni davolagan shifokorlar, o‘tgan yuz yillikdagi radiatsiya tajribalari,  sayyoramizning eng xavfli joylariga sayohat qilish - faqat bu sohaga aloqador bo‘lmagan insongina olim mehnatini zerikarli deyishi mumkin. 

E'tiboringizga shu sohadagi eng xavfli kasblarini havola etamiz. 

Timsohlar ovchisi

 

1983 yilda Avstraliyadagi Adelaida Universiteti fiziologi Rojyer Seymur odatiy ishi - timsohlarni tutish bilan shug‘ullangan. Bu uning ixtisosligi bo‘lib, u deyarli butun umrini shunga bag‘ishlagan. Tadqiqot guruhi bu xavfli jonivorlarni juda yaxshi bilgan, shuning uchun ular ishini tugatib, o‘z lagerini yillar davomida ishlab chiqilgan xavfsizlik qoidalariga ko‘ra barpo etardi. 

Akvaspeleologlar

Suvosti olami - tadqiqot uchun eng xavfli sohalardan biri. Bu yerda har nima sodir bo‘lishi mumkin: kutilmagan zilziladan tortib kislorod balonchasining buzilishigacha. Oxirgi ikki yilning o‘zida suvosti g‘orlarida mingdan ortiq tadqiqotchilar halok bo‘lishdi. Biroq bu yerda olingan ma'lumotlar butun sayyora tarixida yangi sahifa ochishi mumkin, shu bois olimlar bunday xavfli mashg‘ulotni tark etishmaydi. 2010 yilda Mayami universiteti g‘ovvoslar jamoasi mintaqa iqlimini o‘rganish  maqsadida Bahama orollaridagi g‘orlarni tadqiq qilgan. Ushbu tadqiqot loyihaning bosh speleologi Uesli Skaylsning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Og‘u oluvchilar

Ilon  zahari tibbiyotda keng tarqalgan, ammo anglab turganingizdek, uni topish oson ish emas. Muayyan miqdordagi og‘uni olish uchun tadqiqotchi yuzlab ilonlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ularning aksariyat turlari insonni bir chaqsa, o‘limga olib kelishi muqarrar. 

Kosmonavtlar

Kosmonavt bo‘lish  o‘z hayotini hattoki o‘quv dasturi davomida yuqori darajali xavf ostiga qo‘yish demakdir. Oddiy inson uchun xos bo‘lmagan mashaqqatlar, o‘ta qiyin ishlash sharoiti nafaqat tanaga, balki astronavtning ruhiyatiga ham kuchli ta'sir o‘tkazadi. Hatto Yerga qaytgandan so‘ng ham bu kasb egalari bir qator muammolar bilan to‘qnashishadi, masalan, mushaklar atrofiyasi va suyaklarning zaiflashuvi.

Labaratoriya xodimi

Ilm-fanga doir eng xavfli ish joylaridan biriga kundalik hayotimizda tez-tez to‘qnash kelamiz. Bu - ilmiy-tadqiqot bo‘limidagi oddiy laborant kasbi. Los-Anjyelesdagi Kaliforniya Universiteti aspiranti Sherxabo Sangji tez yonuvchi moddalar bilan ishlash chog‘ida kuchli kuyish natijasida jon bergan. Bu labaratoriyalarda uchraydigan yagona o‘lim hotlati emas. Aspirantlar yonuvchi yoki zaharli kimyoviy moddalardan va hattoki magnit-rezonans tomografiya uskunasining kuchli magnitlaridan turli jarohatlar olishadi. 

Bo‘ron tadqiqotchilari

Barcha tirik mavjudotlar tornado va bo‘ronlardan qochayotgan bir vaqtda  bo‘ron tadqiqotchilari aksincha yo‘l tutishadi. Olimlar uskunalari orqali eng aniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish maqsadida bo‘ronning markaziga yaqin kelishga harakat qilishadi. Tornadoning ketidan quvish - juda xavfli ish. Buni 2010 yilda Oklaxomada sodir bo‘lgan dahshatli El-Nino dovulida o‘g‘li bilan halok bo‘lgan Tim Samaras misolida ko‘rishimiz mumkin.