Endilikda Everest çöqqisi (Jomolungma) dunyoning eng baland nuqtasi, deb hisoblanmaydi. Ekvadordagi Çimboraso vulqoni Yer yuzining eng baland nuqtasidir, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mail gazetasi.
Aslida, Çimboraso vulqoni sönggi marotaba eramizning birinçi ming yilligida uyğongan bölib, XVI asrdan XIX asr boşlariga qadar dunyoning eng baland nuqtasi unvonini özida saqlab turgan.

Biroq 1852 yili hind matematik va topografi Radxanat Sikdar, trigonometrik hisob-kitoblar asosida Everestni dunyoning eng baland ustuni, deb isbotlagan edi.
OAV esa yana XIX asr boşlariga "qaytiş"ga va Çimborasoni eng baland qoya, deb ataşga qaror qilişdi. Naşr özining fikriga fransuz olimlarining bayonotini dalil sifatida keltirmoqda. Ularning sözlariga köra, Çimboraso çöqqisi Yer sathi markazidan eng uzoqda joylaşgani hisobga olinadigan bölsa, söngan vulqon Everestdan baland hisoblanadi.
«Agar şu jihatdan olinadigan bölsa, Everest Yer yuzining eng baland toğlari yigirmataligiga ham kirolmaydi», — deb ta'kidlaşmoqda fransuzlar.

Ammo olimlar bu masalada biroz ortda qolişdi. Çimboraso Yer sathi markazidan eng uzoqda joylaşgan çöqqi ekani ötgan asrda ma'lum edi. Biroq öşa paytda heç kim 8848 metrlik Everest şu asosda dunyoning eng baland nuqtasi nomini boy berişi kerak, degan fikrni ilgari surmagandi.









