Zanjabil (imbir) ham limon kabi azaldan insonlar tomonidan juda köp kasalliklarga qarşi samarali vosita sifatida işlatilib kelinmoqda. Bu ikkala ösimlik özining ortiqça yoğni eritiş xususiyati bilan maşhurdir. Oziş uçun zanjabil va limon – ğaroyib ildiz bilan yorqin sitrus mevaning foydali tomonlarini qanday birlaştiriş mumkin?
Foydali ma'lumot
Zanjabil nimasi bilan foydali? Uning kimyoviy tarkibida 400 ga yaqin foydali elementlar mavjud. Uşbu ildiz öz tarkibida juda kerakli bölgan aminokislotalar, uglevodlar, oz miqdorda yoğ, köp miqdorda sellyulozani saqlaydi. Zanjabil vitaminlarga juda boy (V-guruh vitaminlari, askorbin kilotasi, tokoferol, vitamin K ni alohida ta'kidlaş kerak). U özining tarkibida kaliy, fosfor, magniy, temir, kalsiy, rux va şu kabi boşqa mikro- va makroelementlarni, efir moyini saqlaydi. Bu ösimlik ildizining kaloriyaliligi uning qay holatda ekanligiga boğliq – 100 g barra ildizning energetik qiymati 80 kkal ga teng, quritilgan holatda esa bu körsatkiçi deyarli 4 marta oşadi (taxminan 330 kkal/100 g ni taşkil qiladi).
Zanjabil qomat uçun nimasi bilan foydali? U metabolizm jarayonini tezlaştiradi, yoğning erişi tezligini oşiradi, immun tizimini oşiradi, şlaklardan foriğ qiladi, ovqat hazm qilişni normallaştiradi, sport bilan şuğullanganda muşaklarga tuşadigan oğriqlarni qoldiradi (sportsiz esa qomatni yaxşilaşning imkoni yöq). Zanjabil teri tarangligini oşiradi – şu tufayli tananing böşaşganligi kamroq seziladi, bu esa vazn yöqolayotganligidan darak beradi. Zanjabilning hidi iştahani oçadi. Biroq şu bilan birga, zanjabilning nojöya ta'sirlarini ham unutmaslik kerak. Bu ta'sirlarga oşqozon yarasi kasalligi, homiladorlik, laktatsiya davrlari, bu ösimlikni kötara olmaslik kabi holatlar kiradi.

Limon qomat uçun nimasi bilan foydali?
Bu meva bizning tanamizdagi içki muhitning reaksiyasini normallaştiradi (u işqorli mahsulotlar turkumiga kiradi). U kam kaloriyali meva hisoblanadi (100 g limon 34 kkal ga ega). Bu nordon meva öz tarkibida askorbin kislotasini saqlaş böyiça yetakçi ösimliklardan biri hisoblanadi. Diyetologlarning fikriça, bu vitamin oziş sur'atini oşiradi. Limon öz tarkibida sellyuloza saqlaydi, bu modda ovqat hazm qiliş a'zolari işini yaxşilaydi, tanani zararli moddalardan tozalaydi. Metabolizm jarayonining tezlaşişiga organik kislotalar yordam beradi. Limon öz tarkibida yoğlar almaşinuvi uçun zarur bölgan element – kalsiy saqlaydi. Bu sitrus meva insonning iş qobiliyatini oşiradi, kayfiyatni yaxşilaydi, teri tonusini oşiradi. Limonni ötkir bosqiçdagi nefrit, oşqozon yarasi kasalligi, pankreatit, gastrit zöriqqan paytda iste'mol qiliş taqiqlanadi.
Zanjabil limon bilan birgalikda ozişga yordam beradi – bu mevalardan köpinça xuşböy yoğ erituvçi içimliklar tayyorlanadi. Ta'mni yaxşilaş va bu vositalarning samaradorligini oşiriş uçun bu içimliklarga ba'zi qöşimçalar qöşiladi. Içimlikning bir martalik porsiyasi uning tarkibiga qarab 0,5-1 stakanni taşkil qiladi. Tayyor zanjabil içimliklarini suzgiçdan suzib oliş kerak, agar bunday qilinmasa uning ta'mi juda ötkirlaşib ketadi.
Oziş uçun zanjabil, limon va asaldan birgalikda foydalaniş

100 g zanjabil ildizini tozalab, uni maydalang. Hosil bölgan massani biror idişga solib, ustidan 1,5 l qaynab turgan suv quying hamda 20 daqiqa dam oldiring. Hosil bölgan bu zanjabil içimligiga 1 ta limon şarbatini siqib çiqaring, 1 oş qoşiq tabiiy asaldan qöşing. Hosil bölgan aralaşmani yaxşilab aralaştiring. Agarda qöl ostingizda barra zanjabil ildizi bölmasa, uning örniga kukun holidagisidan foydalaniş mumkin (1,5-2 çoy qoşiq).
Bu komponentlardan yana tsellyulitga qarşi boğlama uçun aralaşma ham tayyorlaş mumkin. Qaynab turgan suvda 0,5 stakan asalni isiting (40 gradusdan oşib ketişi kerak emas). 5 tomçi limon efir moyidan va yançilgan zanjabildan bir çimdim qöşing. Hosil bölgan aralaşmani tanangizning muammoli joyiga surting, ustidan plyonka örab, yarim soat uşlab turing.
Oziş uçun zanjabil, bodring, limondan birgalikda foydalaniş
Bodring siydik haydovçi xususiyatga ega bölgan past kaloriyali parhez sabzavot hisoblanadi. Bu sabzavotdan zanjabil-limonli içimlikning komponenti sifatida foydalaniş mumkin. Yalpiz barglari esa bu içimlikka yanada yoqimli ta'm beradi.

Içimlikni tayyorlaş uçun 4 sm atrofidagi zanjabil ildizini tozalang va maydalang. Limon va bodringni yuvib, parrak-parrak qilib ingiçka qilib kesing. 500 ml qaynab turgan suvga zanjabilni qöşing hamda olovdan oling. Ustini yopib, dam oldiring. 15 minutdan söng unga bodring va limon bölakçalarini hamda biroz ezilgan yalpiz barglarini qöşing. 10-15 minutdan söng 1 oş qoşiq asal qöşib, aralaştiring.
Oziş uçun zanjabil, limon, yalpizdandan birgalikda foydalaniş
Zanjabil ildizini tozalang va yançing (6 çoy qoşiq bölişi kerak). Limon yoki laymning şarbatini siqib çiqaring hamda bu şarbatdan 6-8 çoy qoşiq ölçab oling. Şişali idişga zanjabilni soling, şarbatni qöşing, ustidan 1,5 l qaynab turgan suv soling. Biroz ezilgan yalpiz barglarini qöşib, ustini yopib, dam oldiring.
Xulosa örnida
Zanjabil va limondan tayyorlangan içimliklar sizning oziş böyiça körayotgan çora-tadbirlaringizda yordam berişi, uning samaradorligini oşirişi mumkin, biroq uning özinigina iste'mol qiliş bilan ozib bölmaydi.







