BMT: dunyoning to‘rtdan uch qism davlatlari tabiatga qarshi jinoyatlar bilan kurasha olmaydi
Dunyoning to‘rtdan uch qism davlatiga yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlar bilan samarali kurashish uchun yetarlicha jihozlar, jumladan huquqiy sharoitlar sababli, yetishmaydi. Bu haqda jurnalistlarga BMTning giyohvand moddalar va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan birinchi marta tayyorlangan bunday qoidabuzarliklar hisoboti muallifi Anjyela Mey ma'lum qildi.
"Hamma davlatlar ham yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlar oqibatida qo‘lga kiritilgan obektlarni noqonuniy tashishga qarshi to‘laqonli kurashish uchun yetarlicha jihozlanmagan. Shu jumladan huquqiy sharoitlar sababli", deb aytdi Mey. Uning fikricha, dunyoning 75 foiz davlatlari bu jinoyatlarga qarshi kurashishga qodir emas.
Meyning aytishicha, bu boradagi eng qaynoq hududlar Afrika davlatlari hisoblanadi, biroq bu noqonuniy industriya bilan barcha davlatlar darajasida kurashish lozim.
Hisobotga ko‘ra, Osiyo fil suyagi kabi obektlar uchun eng yirik bozor hisoblanadi, biroq bu Yevropa davlatlariga ham taalluqlidir, chunki ular ko‘pincha bunday obektlarni tashishda tranzit davlatlar hisoblanadi.
O‘z navbatida BMT bosh kotibining o‘rinbosari, giyohvand moddalar va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Fedotov davlatlarning bunday jinoyatlarda noqonuniy qo‘lga kiritilgan obektlarni saqlash va olib kelinishiga qarshi kurashishi lozimligini aytdi va xalqaro hamjamiyatni yangi qo‘riqxonalar yaratishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Uning aytishicha, yovvoyi tabiatdagi hayvonlar va o‘simliklarning 7 ming turi 120 ta davlatga noqonuniy ravishda olib kirilgan. Fedotovning ta'kidlashicha, tayyorlangan ma'ruza aniq-ravshan fikr – yovvoyi tabiat obektlarini noqonuniy aylantirishga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlashda barcha kuchlarni birlashtirish lozimligiga uqtiradi.