Jamiyat | 16:49 / 30.05.2016
5779
4 daqiqa o‘qiladi

Yer sayyorasini tozaroq qiluvchi texnologiyalar

Sizning o‘limingiz 25 foiz atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq ekanini bilasizmi? Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan 12,6 million kishi 2012 yilda nosog‘lom muhitda yashashi yoki ishlashi natijasida vafot etgan. Bundan tashqari, atrof-muhitning o‘zgarishi umumiy hisobda yashash sifati hamda Yer ekotizimi balansiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 

Texnik taraqqiyot va sanoatlashtirish tarixan bunday muammolarga o‘z hissalarini qo‘shib kelgan, eng yangi texnologiyalar - robotlar va sun'iy intellektdan tortib to biotexnologiyalargacha - sanoatning insonlar va umuman, sayyoramizga yordam beradigan yanada sog‘lom hamda ekologik toza sohalarini yaratishga turtki beradi.

Mavjud elektrik va gibrid avtomobillar so‘zsiz ifloslanishning kamayishiga hamda qazilma yoqilg‘idan foydalanishga olib kelsa, o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillar bizning logistik va transport tizimimizni yanada samaraliroq qiladi.

O‘z-o‘zini boshqaruvchi va boshqalar bilan simsiz aloqa o‘rnatadigan avtomobillar, yuk mashinalari, kemalar, dronlar va samolyotlar energiya sarfini kamaytirib, odamlar hamda tovarlar yetkazib berishni muvofiqlashtira va optimallashtira oladi.

O‘z-o‘zini boshqaruvchi kelajak shiddat bilan yaqinlashmqoda. Hozirgi vaqtda 11ta kompaniya Kaliforoniyada o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarni sinovdan o‘tkazmoqda. 

Qishloq xo‘jaligi sohasi - dunyoni ifloslantiruvchi yana bir yirik soha. Transport tizimida bo‘lgani kabi texnologiyaning bu sohasida ham amaliy yordam bersa bo‘ladi.

Yaponiya bir qator robotlashtirilgan sabzavot fermalarini ochmoqda, bulardan biri Spread bo‘lib, u kuniga 50 000 salat yig‘adi. LED-yoritishni qo‘llovchi hamda cheklangan sharoitlarda ishlovchi Spread kabi robotlashtirilgan fermalar energiya xarajatini 30 foizga, suv iste'molini 98 foizga qayta ishlash hisobiga kamaytirishi mumkin, bunda ular kimyoviy moddalarni hamda pestitsidlarni talab qilmaydi. 

Sabzavotlarga qo‘shimcha tarzda biotexnologiyalar labaratoriyada ishlab chiqilgan ekologik toza go‘shtni yetishtirish imkonini beradi. Labaratoriyada go‘shtni yetishtirib chiqarish uchun ildiz hujayralar va bioreaktorlardan foydalaniladi, bunday go‘sht hayvonlarni o‘ldirishni talab qilmaydi. Go‘sht sanoatida hayvonlar dunyodagi don zaxiralarining 30 foizini iste'mol qilishmoqda, foydalanishga topshirilgan yerlarning 25 foizini egallab kelishmoqda, shuningdek atrof-muhit ifloslanishining asosiy manbasi bo‘lib xizmat qilishmoqda. 

Bu texnologiyalar toza kelajak hamda toza sohalarga umid beradi, albatta, biroq ular yo‘lga qo‘yilgunga qadar yillar kerak bo‘ladi.

Olimlar dengiz ifloslanishini ilk bosqichlarda aniqlovchi aqlli datchiklar to‘ri va robotlashtirilgan baliq ishlab chiqarishmoqda.

Yovvoyi tabiat himoyasi sohasidagi novatorlar hayvonlar uchun robotlashtirilgan kirkikni (qush chaqiradigan hushtak) sinovdan o‘tkazishmoqda, ular brakonerlarni tutishga yordam beradi.

Yangi texnologik innovatsiyalar avval rivojlangan davlatlarda paydo bo‘ladi. Afsuski, atrof-muhitning ifloslanishi bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib kelmoqda, bunga yopiq joylarda taom tayyorlash, tamaki tutuni va zavodlardagi chiqindilar uyumini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. 

Saudiya Arabistoni, Rossiya, Venesuela, Liviya va Kuvayt kabi neftga kuchli qaram mamlakatlarga o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishni boshlashiga hamda geopolitik oqibatlarga olib keluvchi iqtisodiy qiyinchilik xavfiga duch kelishiga to‘g‘ri keladi.