Bundestagda ötkazilgan ovoz beriş yakunlariga köra, Turkiyada 1915 yili armanlar qirğin qilinganini ifodalovçi armanlar genotsidi böyiça rezolyutsiya qabul qilindi.
Hujjat "1915–1916 yillarda Usmonli saltanatida armanilar va boşqa xristian kamçiliklarning genotsidi xotirasiga" deb nomlangan.
5 sahifadan iborat bu rezolyutsiya Germaniyadagi bir neçta partiya tomonidan taqdim etilgan. Qayd etilişiça, parlament a'zolaridan faqat bir kişi bu rezolyutsiyaga qarşi ovoz bergan, yana bir deputat betaraf qolgan.
Germaniyada bu masalaga avval ham e'tibor qaratişgan. Ötgan yili mamlakat prezidenti Gauk Usmonlilar davrida armanlar qirğin qilinişini genotsid deb atagandi.
Die Welt naşrining yozişiça, ovoz beriş jarayonida Germaniya kansleri Angela Merkel, TIV rahbari Frank-Valter Ştaynmayyer va vitse-kansler Zigmar Gabriel iştirok etişmagan.
"Birinçi jahon uruşi davrida Usmonlilar imperiyasi hududida armanlarning qirğin qilinişi arman xalqining ming yillar davomidagi eng katta fojiasi edi", deya rezolyutsiyadan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Turkiya boş vaziri GFRda armanlar genotsidini tan oliş böyiça ovoz beriş orqali Turkiya bilan döstlik ham sinovdan ötkazilmoqda ekani haqida gapirib ötgandi.
U Germaniyada 3,5 mln etnik turklar yaşaşi, ulardan 400 ming nafari Germaniya iqtisodiyoti uçun milliardlab yevro keltiruvçi tadbirkorlar ekanini eslatib ötgan.
Turkiya hukumati bu rezolyutsiya qabul qilinadigan bölsa, Berlindagi elçisini çaqirib olişi mumkinligini bildirgan.
Armaniston tomoni va köpgina tarixçilar 1915 yilda 2 millionga yaqin arman Usmonlilar imperiyasi tomonidan öldirib yuborilganini aytişadi. Usmonlilar imperiyasidagi armanlar soni Birinçi Jahon uruşigaça 2,5 millionni taşkil qilgan.

Şu vaqtgaça jahondagi 22ta davlat Usmonlilar imperiyasi davrida, 1915 yildan 1922 yilgaça armanlar genotsidi amalga oşirilganini tan olgandi. Ilk bor 1965 yili Urugvay armanlar genotsidini tan olgan. Keyinroq Rossiya, Avstriya, Argentina, Belgiya, Boliviya, Kanada, Çili, Kipr, Fransiya, Gretsiya, Italiya, Livan, Litva, Niderlandiya, Polşa, Slovakiya, Şvetsiya, Şveytsariya, Vatikan, Venesuela, Lyuksemburg, AQŞning 44ta ştati, Yevroparlament, Butun dunyo çerkovlari kengaşi genotsidni rasman tan olişgan.








