Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripovning “Senga insof bersin uçinçi odam” degan satrlari esingizdami? Şoir gohida odamlarni bir-biriga qarşi qayrovçi, gohida ularni yaraştiruvçi uçinçi odamga insof tilaydi. Bugungi kunda jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni kuzatar ekansiz, şoirning yuqoridagi satrlari yana bir bor beixtiyor yodga tuşadi.
Keça kim öylagan edi Rossiya-Turkiya orasidan ola muşuk ötadi, deb. Keça kim öylagan edi NATO a'zosi bölmiş Turkiyaning Yevropa mamlakatlari bilan aloqasiga darz ketiş yuz beradi deb.
Turkiya atrofida savollar kun sayin köpayib bormoqda.
Balki Turkiya atrofidagi barça muammolarning ortida "uçinçi odam" turmaganmikan?
2001 yil 11 sentabrda dahşatli terror hodisasi yuz berdi. Şundan söng Afğonistonda “Tolibon”ga qarşi uruş boşlandi. Oradan ikki yil ötib Iroqda Saddam Husayn tuzumi ağdarildi. Keyinçalik Iroqda ommaviy qirğin qurollari yöqligi aniq böldi. 2011 yilda esa “Arab bahori” boşlandi. Buning oqibatida mintaqada eng kuçli bölgan arab mamlakatlari parokanda böldi. Liviya bölaklarga bölindi, Misr nisbatan kuçsizlandi. “Ehromlar mamlakati”ga sayyohlarning kelişi keskin kamayib ketdi. Kuni-keça AQŞ rahbari Liviyadagi uruş notöğri bölganini tan oldi. 1998 yilgi moliyaviy inqiroz Indoneziya va Malayziyani kuçsizlantirdi. Şu tariqa musulmon dunyosida kuçli davlat sifatida faqat Turkiya qoldi.
Ammo ötgan yilning noyabrida Turkiya tomonidan Rossiya harbiy samolyoti urib tuşirilgaç, bu mamlakat iqtisodi ortga keta boşladi. Çunki Rossiya öz sayyohlarini Turkiyaga yubormay qöydi. Ikki mamlakat örtasidagi savdo-sotiq deyarli töxtatildi. Bu, öz navbatida, har ikki mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir körsatmay qolmadi. Mana endi Turkiyaning eng işongan hamkorlaridan biri bölmiş Germaniya parlamenti turklar tomonidan armanilar genotsid qilingan, degan qaror qabul qildi.
Germaniya parlamentining 630 nafar a'zosidan bir deputat qarşi çiqib, bir nafari betaraf qolgan holda qabul qilgan qarorini Turkiya rasmiylari “asossiz va mas'uliyatsiz” deb atadi. Germaniyaning Anqaradagi elçisi Martin Erdmann taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, unga norozilik notasi topşirildi. Berlindagi Turkiya elçisi Husayn Avni Karsliöğli maslahatlaşuv uçun Anqaraga çaqirib olindi.
Bugungi kunda Germaniya bilan qöşib hisoblaganda 29ta davlat, jumladan, Rossiya, Fransiya, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Italiya, Lyuksemburg, Vatikan, Niderlandiya, şuningdek, Yevroparlament, Yevropa Kengaşi va Jahon Çerkovlar Kengaşi armanilar genotsid qilinganini tan oladi. Bundestag qabul qilgan rezolyutsiya “1915-16 yillarda arman va boşqa xristian ozçiligini genotsidi töğrisidagi xotira” deb nomlanadi.







