Andijonlik mehnat faxriysi Turdiali Töyçiyev hikoya qiladi:
- Bu voqea sirayam esimdan çiqmaydi, har safar futbol qiroli Pele haqidagi maqolalarni öqisam, öşa uzoq ötmişim, navqiron yoşligim qaytadan yangilangandek böladi. Öşanda harbiy xizmatda edim. Aniq eslayman, 1965 yil 15 may, şanba kuni edi. Keçki payt rotamiz komandiri naryaddan böşagan ellik nafarga yaqin askarni safga tizib, şaharga, futbol maydonini qöriqlaşga borişimizni aytdi.
Azov dengizi yaqinida bölgan, hamişa yaşillikka burkangan Melitopol şahrining madaniyat va istirohat boğidagi futbol maydoniga saf tortib kirib bordik. Bizni tomoşabinlardan ikki metr oldinga örnatilgan örindiqlarga jips qilib ötqazişdi. Jonli devor hosil qildik. Şu payt radiokarnaydan Braziliyaning San-Paulu şahrining «Santos» futbol jamoasi bilan uruş yillari Kiyevning «Dinamo» jamoasida töp surgan faxriy futbolçilarning örtoqlik uçraşuvi e'lon qilindi.

Maydonga futbolçilar çiqişganda hamma örnidan turib, gulduros qarsaklar bilan kutib olişdi. Faxriylarning oldi ellikdan ötgan, soçlariga oq oralagan kişilar edi. «Santos» jamoasi dunyo futbolining peşqadami, öyinçilari esa nihoyatda kuç-ğayratga tölgan yigitlar bölib, ular orasida böy-basti kelişgan, unçalik qora tanli ham emas Pele hammaning nigohini öziga jalb qilardi.
Bu öyindan maqsad - braziliyaliklarning va umuman Pelening futboldagi mahoratini namoyiş qilişdan iborat ekan. Faxriylar esa şunçaki raqib sifatida, maydonga tuşganlar. Öşa öyinda Pele 6 marta raqib darvozasiga töp urdi. Öyin söngida faxriylarning hurmati uçun 11 metrli jarima töpi belgilanib, eng keksa faxriy töpni darvozaga kiritdi. Şu yerda qiziq voqea sodir böldi - «Santos» darvozaboni öng tomondan kelayotgan töpga taşlanmay, çap tomoniga xiyol egilib qöydi. Maydon uzra qarsaklar, hayqiriqlar yangrab futbolçilarni olqişladilar. Öyin söngida Pele oldingi qatordagilarning ba'zilariga qöl berib, ba'zilariga minnatdorçilik bilan qöl siltab butun maydonni aylanib çiqdi, tomoşabinlar esa unga gullar irğitişardi.

Öşa yillardan söng Pele qatnaşgan futbol öyinlarini imkoni boriça televizorda körişga, radioda eşitişga qiziqib qolgandim. Şuningdek, futbol qirolining hayotini ham örganib borişga harakat qildim. Matbuotda Pele töğrisidagi materiallarni töplaş odatimga aylandi.
U 1977 yilda futbol bilan xayrlaşgaç, işqibozlar orasida turli gap-sözlar oralagan - futbol qiroli bilan Kruif yoki Maradona tenglaşa olganmi, deyişardi. Aslida, Maradona ikkinçi Pele hisoblanadi. Futbol çöqqisini egallagan Pele jahon çempionatining uç karra oltin medaliga sazovor bölgan. U yigirma yildan ortiqroq futbolçilik faoliyatida raqib darvozasiga 1250ta gol urgan. Şunday bölsa-da, vatandoşi, 1935 yilda faoliyatini töxtatgan Artur Fredenrayga yeta olmagan. U 26 yillik faoliyatida 1329 marta raqib darvozasiga töp kiritgandi.








