Dunyo boşqaruvida nufuzli siyosatçi, işbilarmon doiralarning vakillari a'zo bölgan “yopiq” taşkilotlarning ma'lum darajada örni borligi aytiladi. Mana şunday “yopiq” taşkilotlardan biri Bilderberg klubi ekani tan olinadi. Bu klub har yili qaysidlir şaharda özining yillik anjumanini ötkazadi.
Jurnalistlar kiritilmaydigan, protokollaştirilmaydigan klub anjumani bu yil Drezden şahrida bölib ötmoqda. An'anaga köra, tadbirda şaxsiy taklifnomasi borlargina iştirok etadi, u yerda aytilgan gaplar oşkor qilinmaydi. 9 iyun kuni boşlangan 64-yopiq majlis Drezdendagi Taschenbergpalais mehmonxonasida 12 iyunga qadar davom etadi. Mehmonxona atrofida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Biroq şunga qaramay öng va söl kuçlarning norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Bu galgi tadbirda 150ga yaqin kişi iştirok etmoqda. Ular orasida davlat rahbarlari, vazirlar, transmilliy korporatsiyalar va OAV rahbarlari, moliyaçilar, bankirlar, jamoatçilik vakillari ham bor. Muxbirlarning xabar qilişiça, anjumanda Xalqaro Valyuta jamğarmasi rahbari Kristin Lagard, AQŞ sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyer, Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq rahbari Devid Petreus, Buyuk Britaniya Mi-6 razvedka xizmatining sobiq rahbari Jon Soers ham tadbirda iştirok etmoqda.
Tahlilçilarning fikriça, Bilderberg klubi haqida gapirilganda, köpinça yaşirin dohiylar, jahon hukumati tuşuniladi. Sayyoramizning boy va nufuzli odamlari a'zo bölgani uçun ham klub dunyodagi eng kuçli taşkilot ekani tan olinadi. Şunisi e'tiborliki, 60 yillik tarixi davomida matbuotda klubning anjumanida nimalar haqida gapirilgani borasida yozilmagan, aytilmagan. Moboda jurnalistik tekşiruv natijasida qandaydir ma'lumot matbuotda paydo bölib qolgudek bölsa, ayni şu xabar tasdiqlanmagan. Şu sababli klub anjumanlari mahfiyligiça qolavergan.
Avvaliga Bilderberg klubini taşkil qiliş orqali jahon xukumatini tuziş niyat qilinmagan edi. Ötgan asrning 50-yillarida AQŞ va NATO manfaatlarini ifodalovçi bir guruh nufuzli şaxslar dunyoda bölayotgan muhim voqealarni muhokama qiliş maqsadida yopiq eşiklar ortida uçraşib turişga qaror qilişdi. Keyinçalik klub özagi özgarmay qolaverdi, ammo yangi a'zolar taklif qilina boşlandi. Klubning birinçi anjumani Gollandiyadagi “Bilderberg” mehmonxonasida bölib ötdi. Keyinçalik klubga ayni şu mehmonxona nomi berildi. Öşanda Niderlandiya qirollik saroyining taklifiga binoan 12 mamlakatdan 70 kişi kelgan edi. Bugungi kunda Bilderberg klubida doimiy a'zolar bilan qöşib hisoblaganda 20dan ortiq mamlakatdan 150ga yaqin kişi iştirok etadi. Ular orasida Rokfeller, Rotşildlar sulolalarining vakillari, Yevropadagi ayrim mamlakatlarning sobiq va amaldagi boş vazirlari, Jahon banki va megakorporatsiyalarning sobiq prezidentlari ham bor. Köp hollarda AQŞ prezidentlari, davlat kotiblari va NATO generallari ham taklif qilinadi.







