Ilmiy izlanişlar davlatimiz tomonidan doim qöllab-quvvatlanib kelinadi. Olimlarning qölga kiritgan yutuqlarini işlab çiqarişga jalb qilişda Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Fan va texnologiya taraqqiyoti qömitasi faol iştirok etmoqda. Ular tomonidan dasturlar işlab çiqiladi, yangiliklarning ustuvor yönalişlari belgilanadi. Qömita tomonidan tanlab olingan 465ta loyihaga deyarli 27 milliard söm davlat granti ajratildi. Tadqiqotçilar 116ta patentga ega bölişdi, kompyuter dasturiy ta'minoti böyiça 44ta guvohnoma qölga kiritildi.
"Bu yil mahalliy tabiiy resurslar asosida dori va kosmetika vositalarini işlab çiqarişning yuqori samarali texnologiyasini taklif qilib, grantga sazovor böldik. Aloedan tayyorlanadigan "Sabur" biologik faol qöşimçasi hozirda işlab çiqariş jarayonida, bu mahsulot organizmdagi moddalar almaşinuvini yaxşilaş, oşqozon-içak kasalliklarida immunitetni mustahkamlaşga yordam beradi. Bugungi kunda şu ösimlik asosida 30dan ortiq dori vositalari işlab çiqarilmoqda", - deydi A. Sultanov nomli Kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti xodimasi Şahnoza Hojiakbarova.
Özbekistonning energiya sohasini rivojlantiriş tadqiqotçilarning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti energetika yönalişidagi yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlaydi.
"Universitetimiz qoşida "Energiyani tejaş va uning qayta tiklanuvçi manbalari" nomli zamonaviy ilmiy-tadqiqot labaratoriyasi yaratilgan. Bu yerda nazariy va amaliy tadqiqotlar amalga oşiriladi hamda ularning natijalari energetika sohasida qöllaniladi. Bugungi kunga kelib energiyaning samaradorligini oşirişga bağişlangan ilmiy izlanişlar köpaymoqda. Biz taklif qilgan texnologiyamiz böyiça bir neça patentlarni qölga kiritdik", - deydi TDTU professori Murodilla Muhammadiyev.
Körib turganingizdek, oliy öquv muassasalari iqtisodiyotdagi dolzarb muammolarning yeçimiga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlar ötkaziluvçi platformaga aylanmoqda. Buning natijasida ilm-fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasi amalga oşirilmoqda.







