Radiodan taralayotgan bir qöşiq Fotimaning e'tiborini tortdi.
Baxt yöllaring özing boğlading,
Çimildiq körmagan qizlar.
Eh, peşonangda bormidi
Çimildiq körmagan qizlar.
Yuz qaroliğing bormidi,
Çimildiq körmagan qizlar...
Ha, çimildiq körmagan qizlar köpaygandan köpayib ketdi. Fotimaning ham orzulari bir jahon edi. Özi yoqtirgan yigiti bilan qöl uşlaşib, göşangaga yöl olmoqçi, keyin u bilan baxtli hayot keçirmoqçi edi. Biroq barça orzularini öz qöllari bilan tuproqqa kömdi...
Faroğat işlamasdan mömay pul topişni xuş köradigan ayollardan edi. U öziga öxşagan “tadbirkor” ayollar bilan birgalikda antiqa reja tuzişib, şuning ortidan daromad olişni, şohona yaşaşni öylaşardi. U Toşkentdan köra, köproq Dubayda yaşardi. Özbekistonda uning örtoği Tohira aytilgan vaqtda qizlar jönatib turardi.
Kunlarning birida odatdagidek Faroğat Tohiraga qönğiroq qilib, yana qiz kerakligini, iloji bölsa tezroq jönatib yuborişini aytdi. Tohiraning boşi qotdi. Çunki hozirça uning “zapas”ida qizlar yöq edi. Şu payt uning yodiga qöşni mahalladagi, endigina kollejni tugatgan, uyining işlarini qilib, tört-beş söm çoyçaqaga işlab yuruvçi Fotima keldi. Darhol ularning uyiga yöl oldi.
Darvozani Fotimaning özi oçdi va salom-alikdan söng u bu ayolni uyiga taklif qildi.
— Oying qani? Körinmaydi? — dedi u yoq bu yoqqa alanglagan Tohira.
— Oyim bozorga ketgandi. Hozir kelib qolsa kerak. Biror yumuşingiz bormi? — dedi qizgina uni işga çaqirgani keldi deb öylab.
— Qani yonimga ötir! Gap bor, — dedi Tohira Fotimani yoniga ötqizib.
— Hozir Rossiyaga borib kelayotganlar qançadan-qança dollar bilan qaytişayapti. Sen ham yolğiz onangning qöliga qarab ötirmasdan u yerga borsang-çi! Bir yilga qolmay millioner bölib qaytasan. Sen menga yoqib qolganing uçun bu taklifimni aytayapman. Aslida “Rossiyaga işga jönating! Özim sizni rozi qilaman!” deb ortimdan yurganlar qança. Senlarga rahmim keladi. Hademay onang seni uzatişi kerak. Buning uçun bilasanmi qança pul kerak?
— Oyim Rossiyaga yuborişga rozi bölmasalarçi? Axir şu yerdan yaxşiroq iş topib bering. Men işdan qoçmayman, işlayman, — dedi soddagina qiz uning gaplariga laqqa tuşib.







