Bel sohasidagi oğriqlar deyarli hammaga taniş, u hatto köpçilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan. Biroq bu muammoni bartaraf etişning  yöli bor - unça qiyin bölmagan maşqlar yordamida, tanangizga "quloq soliş" va özingizni ehtiyot qiliş yöli bilan. 

1. Mikroharakatlarga asoslangan maşqlar. 

Bu texnikaning maqsadi - bel sohasidagi  gidratlanişning normal darajasini qayta tiklaş. Yoş ötgan sari töqimalar suvsizlanadi va buning natijasida yoqimsiz his-tuyğular va oğriq yuzaga keladi. 

Çalqançasiga yoting va tana holatini yengil özgartirib, asta-sekinlik bilan mikroharakatlarni bajaring. 

Oyoqlarni navbatma-navbat bukiş

Çalqançasiga yoting, oyoqlar bukilgan, qöllar boşning orqasida.  

Çap tovoningizni ohista torting, bir muddat şu holatda qolib, avvalgi holingizga qayting va özingizni böş qöying.

Maşqni çap oyoğingiz bilan 5 marta takrorlang, söng öng oyoqqa öting.

Bu maşq siqilgan asab va qon tomirlarini böşaştiradi. 

2. Öz tanangizga quloq soling. 

Odamlar köp iş qilişsa-da, kam kuzatişadi. Axir aynan muşohada yuritiş va meditatsiya jarayoni köp narsani anglab yetişga imkon beradi. Bu somatik intellektni rivojlantiriş uçun muhim. 

Sport bilan şuğullaniş vaqtida asosiy maqsad - soğliq ekanligini unutmaslik kerak. Bunda birinçi navbatda kilometrlar, kilogrammlar yoki daqiqalar emas, şaxsiy his-tuyğularni kuzatiş zarur. 

Atrofdagi odamlarga bir qarang: juda kam sonli insonlar tikka turişadi, aksariyat kişilar oğir sumka tufayli bir tomonga qiyşayib turişadi yoki öy-xayolga berilib, yelkalarini bukib olişadi. 

Buning natijasida tana vazni teng bölinmaydi va tabiiyki, belga oğirlik tuşadi.

Yoga ustalarining tajribasidan foydalanib, "toğ pozasi"ni özlaştirib oling.