18:09 / 07.07.2016
4607

Daniya britaniyaliklarning Iroq urushi bo‘yicha hisobotidan keyin o‘z tekshiruvlarini davom ettirishi mumkin

Daniya hukumati mamlakat harbiylarining 2003 — 2009 yillar davomida Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etgani bo‘yicha tekshiruvlarni davom ettiradi. Bu haqda parlament deputati Pelle Dragstedga asoslanib Sputnik xabar tarqatgan.

Bu ma'lumot Buyuk Britaniyada AQSh va Birlashgan qirollikning Yaqin Sharqdagi bu mamlakatga bostirib kirgani bo‘yicha hisobot e'lon qilingach paydo bo‘ldi.

Chorshanba kuni Devid Kemeronning tergov komissiyasi raisi Jon Chilkot boshchiligida tayyorlangan Iroq urushi haqidagi hisobot chop etildi.

Komissiya o‘sha vaqtda leyboristlardan mamlakat bosh vaziri bo‘lgan Toni Bler hukumati urushga qo‘shilib xato qilgan degan xulosaga keldi.

Iroq va Afg‘onistondagi harbiy harakatlarda Daniyaning ishtiroki bo‘yicha xuddi shunga o‘xshash tekshiruv 2012 yili Daniyada ham boshlangan, lekin 2015 yilning yozida mamlakatning yangi hukumati uni to‘xtatgandi. 

"Britaniyaliklarning hisoboti Daniya hukumatini tekshiruvlarni tiklashga undashi mumkin", — degan Dragsted.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hisobot Britaniya bilan birga Daniya ham "asossiz ravishda urushga kirgani"ga ishora qiladi". Shuningdek, daniyalik siyosatchining fikricha, Iroqqa tashqi kuchlarning kirishi Yaqin Sharqda, xususan Iroq va Suriyada xaos keltirib chiqargan.

Top