Oila qasri asosan - ota-ona, er-xotin va farzandlardan iborat böladi. Ularning örtalaridagi munosabatlarga ham alohida e'tibor bilan yondaşiladi. Ayniqsa ota-ona va farzandlar örtasidagi alokalar juda muhim bölib, öğil-qizlarning özaro ota-onalari zimmasida muayyan haqlari bölgani kabi ota-onaning ham farzandlari zimmasida bir munça haqlari borki, ularni tez-tez eslab hayotda dastur qilib olişimiz bizlar uçun yoruğlik, ezgulik keltiradi. Şu ma'noda hayotda yoruğ kunlarda yaşaşni orzu qilgan har bir farzand Navoiy bobomizning quyidagi baytlariga goho-goho nazar taşlasin.
Boşni fido qil ayla ato qoşiğa!
Jismni qil sadqa ano boşiğa!
Tunu-kununga aylagali nur foş!
Birisin oy ayla, birisin quyoş!
Ista ato yölida fido jon qilmoq,
Qulluq anoğa imkon qilmoq,
Zuhri adab istasang farovon qilmoq,
Bil ani ato-anoğa ehson qilmoq.
Farzand ato qulluğin çu odat qilğay,
Ul odat ila kasbi saodat qilğay,
Har kimki, atoğa köp rioyat qilğay
Öğlidan anga bu iş siroyat qilğay
Haqiqatda ota-ona öz farzandlarini boqib, voyaga yetkazar ekan, ularga turmuş keçirişning yöl-yöriqlarini, kasb-hunarlarini örgatadi. “Quş uyasida körganini qiladi” degandek, farzandlar ham ota-ona bağrida ösib-ulğayar ekanlar, ularning yuriş-turişidan, gap-sözidan, hatti-harakatidan, kasbu-koridan ibrat olib, tajriba va hunar orttirib, “közlari pişib” boradi.
Şunga köra bizning tuğilib, es-huşimizni tanişimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallaşimizda, insoniy fazilatlar va yaxşi xulk sohibi bölib yetişişimizda, hullasi jamiyatga munosib komil insonlar qatoridan joy olişimizda ota-onaning buyuk xissasi borligini xeç kim inkor qila olmaydi.
Darxakiqat, ota-onamiz bizning dunyoga kelişimizga sababçi böladi, voyaga yetişimizda ularning sa'y-harakatlari beqiyos.
Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barça maqtovlar heç narsa emas, barça balandparvoz maqtovlar ota-onaning farzandga bergan muhabbati oldida göyoki puç va arzimasdek. Şuning uçun ota-onaga muhabbat – barça yaxşi fazilatlarning asosi. Bu zotlar bilan munosabatda samimiy böliş, har bir işga ulardan ruxsat va ijozat söraş, ular istagan tartib-intizomga rioya qiliş kabi fe'llarda sobit turiş farzandlar uçun muhimdir. Aytaylik, biz hamişa qarzdor bölgan eng uluğ zot onamizdir. Ona muhabbatidan muqaddasroq va beğarazroq heç narsa yöq. Har qanday mehr-muhabbat, unga nisbatan yo ojiz, yo ğarazli, yo sohta, yo minnatli tuyuladi. Sababi ona qalbi öz farzandiga nisbatan bitmas-tuganmas rahm-şafqat manbaidir. Inson öz onasini ruhiy jihatdan ham öziga qadrdon deb bilişi noyob baxtki, ona mehri çeksiz bölib, butun dunyoni kökrak suti bilan boqqan, töyğizgan. Şundanmi onamizni şaraflaş ham farz, ham qarz. Aslida insondagi butun gözallik Allohning ne'mati, oy va quyoş nuridan. ona mehridan tovlanadi. Bir söz bilan aytganda ularga munosabatimiz qanday bölsa, bolalarimiz ham bizga şunday muomala qilişi göyoki tayyorlab qöygandek yodda tutiş lozim. Farzandlarning ota-ona oldidagi burçlari va qarzdorligi töğrisida qisqa körinişda va yoyilgan şaklda oyati karima, hadisi şariflardan batafsil ma'lumot berişga harakat qilmoqçimiz. Çunki, bu borada kerak bölsa har kun pand-nasihatlar qilinayotgandek körinadi. Biroq, örtadagi munosabat aytilgan darajada natija bermagan holatlar ham mavjud. Ota-bolaning örtasidagi munosabatlarni izidan çiqqani hayotda uçraydi. Bir-birlariga tuşunib yetişlarining qiyin holatlari kundalik hayotimizda, köz öngimizda keçar ekan ba'zida afsuslanarli mulohazalar kişi tasavvuriga keladi. Eng qimmatli, eng qadrli inson padari buzrukvorni köngli, dili, hoxiş irodasi desak adaşmagan bölamiz. Goho, farzand nuri diydasidan uzoqlaşib qolgan otaning nidolariga ham duç kelamiz. Şulardan birini şoir şerga bastalab, farzand könglini qalbiga yaqin qilişga yolvorgani töğrisida bir baytni huzuringizga havola qilmoqçimiz.







