Avvaldan aytib qöyiş lozim — bunda özimni zarraça maqtaş niyatim yöq. Öşanda nimaiki bölgan bölsa, Allohning izni bilandir. Bu hikoya bundan 11 yil muqaddam, xorijiy davlatlardan biriga qilingan safar çoğida bölgan edi. Dunyoning 18 ta davlatidan til örganiş kursi amaliyotini ötaş uçun kelgan 120 çoğli talaba içida estoniyalik ikki qiz ham bor edi. Ularning kitobxonligi, ayniqsa, köngiloçar dasturlar çoğida özlarini çetga olib turişi, har bir narsa-hodisaga ajib hayrat bilan boqişlari e'tiborimni tortdi. Bir oqşom diskoteka va çömilişdan boş tortgan uç-tört kişi bir stol atrofida ötirib qoldik va yaqindan tanişdik. Biri Alisa, ikkinçisi Kadri ekan. Şarqşunoslik fakultetida öqişarkan. Suhbatimiz şarq allomalari asarlariga taqalganda Alisa sörab qoldi:
— Nega “Layli va Majnun”, “Farhod va Şirin” kabi asarlarda oşiq-ma'şuqlar visolga yetmaydi? Barçasida bir xillik... Axir hayotda hadeb bunday bölavermaydi-ku...
Men ularga majoziy işq, tasavvuf haqida bilganlarimni aytdim. Bunda biru bor bölgan Allohga intiliş borligini anglatdim. Qiziği, ular hali Islom haqida tasavvurga egamas ekan. Gap aylanib dinlarga taqaldi. Şunda ulardan söradim:
— Sizlarning diningiz nima?
Ular yelka qisişdi.
— Ibodat qilasizlarmi?
— Ha, tuproqqa siğinamiz, — deyişdi.
— Nega? — dedim beixtiyor.
— Çunki u bizga rizq beradi. Undan turli noz-ne'mat unib çiqadi.
— Lekin sizu-biz uning yuziga oyoq qöyamiz-ku?
— Ahlatu çiqindilar ham uning bağriga tökiladi... — Yonimdagi qrimlik döstim ham muloyim tabassum ila qöşimça qildi.
Ularning yuzi qizardi. Biri bahsga kirişdi. Lekin men yotiği bilan yerni xohlagança “tahqirlasa” bölişini, qöl bilan uşlaş, oyoq bilan tepiş, qöpolroq aytganda ustiga bavl qiliş ham mumkin bölgan narsa heç qaçon Xudo bölolmasligini aytdim. Ular xayrlaşmay turib ketişdi.
Oradan uç kun ötgaç, Alisa bir ahvolda yonimga keldi. Közlari kirtaygan, rangi söniqqan. Parişon bir vaziyatda salomni ham unutib savol berdi:
— Bordi-yu, yer Xudomas ekan, unda kim?
— Alloh!
— U qayerda?
— Hamma joyda.







