2016 yil 16 iyulga ötar keçasi Turkiyada davlat töntarişiga uriniş harakati sodir etildi. Mamlakat hukumati bir kun içida nazoratni töliq öz ixtiyoriga olişini ma'lum qilişga ham ulgurdi. Turkiya milliy razvedka taşkiloti esa, mamlakatdagi harbiy isyon barbod bölgani haqida bayonot berdi. Davlat töntarişi iştirokçilari tomonidan qölga olingan Turkiya qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Xulus Akar ozod etilib, öz vazifasini bajarişga kirişgani xabar qilindi. Quyida, xuddi şu kabi omadsizlikka uçragan davlat töntarişiga urinişlar haqida ma'lumotlarni havola etamiz.
1. Burundidagi davlat töntarişiga uriniş

2015 yil 13 mayida Burundi armiyasi general-mayori Godfrua Niyombare, davlat rahbari Pera Nkurunzizaning mamlakatda yöqligidan foydalanib qolişga qaror qilib, prezidentning hokimiyatdan çetlaştirilgani va muvaqqat hukumat taşkil etilganini e'lon qildi. General, öz qaroriga şarqiy Afrika mamlakatining barça hududi böylab norozilik namoyişlari va zöravonliklar bölayotganini asos qilib körsatgan edi. Odamlar, Nkurunzizaning uçinçi prezidentlik muddati uçun ham lavozimini ilgari suriş töğrisidagi qaroridan noroziligini şu yöl bilan izhor qilişayotgan edi. Hukumat muxolifati, prezident qarori Konstitutsiyaga zidligini ta'kidlagandi. 15 may kuni Burundi harbiy töntarişi yetakçisi general-mayor Godfrua Niyombare, öz tarafdorlarining taslim bölişini e'lon qildi.
2. Burkina-Fasodagi bostirilgan davlat töntarişi

2015 yil 16 sentabrida Burkina-Faso prezidentlik gvardiyasining bir guruh harbiylari Vazirlar mahkamasi binosini egallab, mamlakatning muvaqqat prezidenti Mişel Kafando hamda boş vazir boşçiligidagi hukumat a'zolarini qölga olgan edi. Bir neça kun ötgaç, isyonçilar prezidentni ozod etib, isyonçilar rahbari general Jilber Dendere fuqarolardan uzr ham söraşgamajbur böldi. Agar, uşbu davlat töntarişi amalga oşganda, bu 2000 yildan beri dunyoda sodir etilgan 38-davlat töntarişi bölar edi.
3. Nigerdagi amalga oşmay qolgan davlat töntarişi

2015 yil dekabrida Afrikaning yana bir davlati Nigerda mamlakat qurolli kuçlarining 9 nafar yuqori lavozimli ofitseri, ular tomonidan rejalaştirilgan davlat töntarişi amalga oşmagaç, qölga olindi. Ularning sirlari foş bölişiga, bir qator ofitserlarning hukumatga sodiqligi va sergakligi sabab erişilgan.












