Filippin arxipelagining aholi köp joylaşgan eng yirik Luson orolida juda köp antiqa sut emizuvçilar yaşaydi. Amerika va Filippin olimlaridan iborat guruh bu borada izlaniş olib borib, şunday xulosaga keldi. Ularning tadqiqot natijalari Frontiers of Biogeography jurnalida çop etildi.
Tadqiqotçilar 15 yil davomida Luson oroli faunasini örganib çiqişdi va bu yerdagi sut emizuvçilarning 93 foizi sayyoramizning boşqa heç bir nuqtasida uçramaydi, degan xulosaga kelişdi.
“Biz Lusonning antiqa mahalliy faunasiga doir tadqiqotimizni 2000 yilda boşlaganmiz. Biroq natijalar kutilganidan-da a'lo böldi: biz bu yerda köplab yangi sut emizuvçilarni kaşf qildik”, - dedi loyiha rahbari Çikagodagi Filda nomidagi Tabiiy tarix muzeyidan Lorens Xini.
Olimlar guruhi Lusonda sut emizuvçilarning yangi 28 turini kaşf qildi. Bugunga kelib, 56 xil mahalliy jonivor turlari ma'lum, ulardan 52 tasi faqatgina şu orolda yaşaydi. Sut emizuvçilarning yangi turlari hanuz örganilmoqda.
Maydoni 100 ming kvadrat kilometrni taşkil qiluvçi orolda jonivorlarning yaşaşi uçun qulay şaroit mavjud. Bundan taşqari Luson öz tarixi davomida quruqlikning boşqa hududlari bilan boğliq bölmagan, şu bois mahalliy fauna öziga xos rivojlangan. Bu omillar Lusonning antiqa bioxilma-xilligiga ta'sir körsatadi.











