Avstraliyalik tadqiqotçilar miya faoliyatining buzilişi semirişning muhim sabablaridan biri ekanini aniqlaşdi. Bu haqda Society for the Study of Ingestive Behavior naşri xabar qiladi.
Avstraliyaning Makkuori universiteti olimlari ötkazgan tajribalarida inson ovqatlanişiga keraksiz xotirani yöqotişga mas'ul boş miya a'zosi — gippokamp ta'sir körsatadi. Köngillilar bilan ötkazilgan tajriba jarayonida zararli ovqatlar iste'mol qilgan qatnaşçilarning xotira va ta'limga oid vazifalarni bajarişi qiyin keçdi.
Mutaxassislar fikriça, gippokampning normal iş vaqtida insonda ovqat haqidagi fikrlar faqatgina oç qolgandagina paydo bölişi kerak. Agarda miyaning bu qismi faoliyati işdan çiqsa, inson organizmiga taom tanovul qiliş ehtiyoji tinimsiz paydo böla boşlaydi.
Tadqiqotçilar xulosasiga köra, gippokamp faoliyati hozirda ommalaşib borayotgan ğarbiy parhezga öz ta'sirini körsatadi. Ma'lumki, bu parhezga amal qiliş paytida organizm uglevod va saxarozani kerakli miqdorda qabul qilmaydi va şunda tanaga ortiqça yoğ ham yiğilmaydi. Aynan şu sababli inson boş miyasiga töyimli ovqat haqidagi yaxşi xotiralarni «sekinlaştiriş» qiyinçilik tuğdiradi va odam taom yeyişni istamasa ham özini oç qolgandek his etadi.







