Ollobergan (ism-şariflar özgartirilgan) ikki marotaba firibgarlik jinoyatini sodir etib, öziga tegişli jazolarni oldi. Ammo u bundan töğri xulosa çiqarmadi. Va yana jinoyatga qöl urdi.
Kunlarning birida Ollobergan Toşkentdan Angren şahrida yaşovçi qarindoşinikiga mehmonga bordi. Beş kun u yerda bölib, söng poytaxtga qaytmoqçi böldi. Yöl böyida taksi kutdi.
Xuddi şu kuni angrenlik Abdulatif ham özining “Neksiya” maşinasida şaxsiy işlari bilan Toşkentga boriş uçun yölga çiqqandi. Yöl yoqasida taksi töxtatayotgan yigirma beş yoşlardagi yigitning yoniga borib, maşinasini töxtatdi.
— Qayerga bormoqçisiz? — deb söradi undan Abdulatif.
— Yölingiz Toşkent tomonga bölsa, meni ham olib keting, — dedi Ollobergan.
— Maşinaga ötiring.
Ular yölma-yöl gaplaşib ketişdi.
— Ismim Ollobergan, — deya özini taniştirdi yölovçi. — Mirzo Uluğbek tumanida yaşayman. Ilgari bank sohasida işlaganman. Bankdan har oyda davlat narxida 2.000 AQŞ dollari olib turaman. Agarda şu sohasida biror-bir yordam kerak bölsa, tortinmay aytavering. Yordam beraman. Manavi telefon raqamim, — deya unga bir qoğozçani uzatdi.
— Sotib olgan maşinamdan qarzim bor. Bu qarzni AQŞ dollarida uzişim zarur. Menga 600 AQŞ dollari kerak. Yordam bera olasizmi? — deb söradi Abdulatif.
— 600 AQŞ dollari davlat narxida 1.300.000 söm böladi.
— Essiz, pullarim plastik kartoçkada edi-da. Naqd pulim kamroq.
— Bankkaga borib, gaplaşib köraylik-çi, bir gap bölar.
Şunday qilib ular Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan banklardan biriga borişdi. Ollobergan u yerga özi kirib çiqdi. Keyin ular boşqa bir bankka borişdi. U bankka kirib çiqqaç, yigit Abdulatifdan plastik kartoçkasi va pullarini, pasportini söradi.
Abdulatif unga içida 1.060.000 söm puli bölgan plastik kartoçkasini, 240.000 söm naqd pul va pasportini berib, Ollobergandan öziga tegişli biror-bir hujjatini berişini talab qildi.
Ollobergan çöntagidan harbiy guvohnomasini olib, uni garov sifatida haydovçida qoldirdi.
Ollobergan ön daqiqalardan söng bankdan çiqdi-da, haydovçining yoniga borib dedi:
— Tuşlik vaqti bölib qolibdi. Plastik kartoçkangiz va pasportingizni taşlab çiqdim. Tuşlikdan söng olib ketamiz. Hozir meni TTZ bozoriga olib borib keling. U yerda telefonimni ustaxonada qoldirgandim, — dedi Ollobergan yolğon gapirib. Aslida uning niyati bozorga kirib, qoçib qoliş edi.
Sodda haydovçi uning gaplariga işonib, maşinasini TTZ bozoriga haydadi. Ollobergan bozor içiga kirib ketgaç, yarim soatça daragi bölmadi. Toqati-toq bölgan Abdulatif unga qönğiroq qildi.
— Meni militsiya xodimlari uşlab olişdi. Xonasiga olib ketişayapti. Ertaga gaplaşamiz, — deya Ollobergan uni aldab, göşakni qöyib qöydi.
Haydovçi uni yana bir soatlar kutdi. Qayta-qayta qönğiroq qildi. U göşakni kötargan zahotiyoq plastik kartoçkasi, pasporti va pullarini qaytarişini söradi.
— ”TAPOiÇ” zavodi oldida kutib turing. Omonatlaringizni berib yuboraman, — dedi u.
Abdulatif u aytgan joyga borib yana bir soat kutdi. Oq rangli “Matiz” maşinasining haydovçisi unga pasportini, plastik kartoçkasi va bir xatni berdi.
— Olloberganning özi qani? — deb söradi undan Abdulatif.
— Men heç kimni tanimayman. “Poçta” qilib berib yuborişdi, omonatingizni berdim. Men taksistman, — deya haydovçi uning oldidan uzoqlaşdi.
Şundan söng u Angren şahriga qaytdi. Yölda yoqilği qöyiş şoxobçasiga kirdi va plastik kartoçkasida pul tölamoqçi böldi. U yerdagi xodim uning plastik kartoçkasida umuman pul yöqligini aytdi. Şundagina aldanganini tuşundi. Bu haqda darhol Mirzo Uluğbek tuman IIBga murojaat qildi.
Ollobergan uzoqqa qoçib ketolmadi. Tergov jarayonida u yetkazgan moddiy zararni tölaşga majbur böldi.
Şunday qilib sud Ollobergan Tursunaliyevni Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, unga har oylik iş haqining 20 foizini davlat foydasi undirilgan holda 1 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinladi.
Xonbibi Himmat qizi







