— Bitta bolani ham eplolmaydi bu! Öçir bolangning ovozini, yer yetkur! Xah, kelin bölmay kelisop bölgur!
— Oyijon, nima qilay, ovutolmayapman! Ehtimol, biror joyi oğriyotgandir, — dedi qörqa-pisa Muşarraf qaynonasiga.
— Özing kasalvand bölganingdan keyin, bolang ham kasalvand böladi-da! Bor, çiq uyimdan. Jongga ham tegib ketding-ku! Yöqol! — deya qaynona uni qölidan uşlab sudray boşladi.
— Oyijon, haydamang. Uydagilarga nima deyman axir, — deya Muşarraf xörlanib yiğlay boşladi.
— Unday bölsa, seni köçaga yalonğoç qilib, şarmandalarça haydayman. Hozirça şu yerda ötira tur, — deya qaynona jahl bilan kelinining xonasini qulfladi.

****      ****          ****      ****  

Muşarraf bilan Barot sevişib turmuş qurişdi. Muşarraf qaynonasining xizmatlarini yelib-yugurib ado etişga harakat qildi. Biroq bu Şarofat xolaga yoqmadi. Kelinini pismiqlikda, öğlining boşini aylantirib, tegib olganlikda ayblab, qildan qiyiq axtarib, uni kamsitişga tuşdi:
— Hoy kelin, manavilarni kim yiğiştiradi? Tez-tez, çaqqon-çaqqon qimirlasangiz-çi? Namunça ipirisqi bölmasangiz! Xah, oyoqlaringiz tovuqnikiga öxşamay ölsin! Öğlim ham xuddi qiz qurib qolganday şunga uylandi-ya, sötak. Köz ostimga olib qöyganlarim qança edi-ya. Orzularimni bir pul qildi, yaramas bola.
Muşarraf qaynonasining gaplarini eşitmaslikka olib, yumuşini davom ettirib ketaverdi. Çunki turmuş örtoği onasining fe'l-atvorini unga xöp tuşuntirgandi. Şuning uçun Muşarraf qaynonasiga lom-mim demasdi. Sevgani uçun hamma narsaga çidaşga tayyor edi.
Sekin-asta Muşarraf qaynonasining har kungi javraşlariga könikdi.

Bir kuni qaynonasining mana şunday bema'ni qarğaşlari ustiga qayinsinglisi Oygul kelib qoldi. U yangasini beozor, odobli, aqlli ekanligini juda yaxşi bilardi. Şuning uçun onasidan ranjib dedi:

— Assalomu alaykum, oyijon, — deya onasini quçdi u. — Namunça? Keliningiz arpangizni xom ördimi? Nimaga uni yomonlayverasiz? Axir u beçora sizga nima yomonlik qildi? Qarang, beçora, sizga bir oğiz gap qaytarmasa, hamma işlarini bilib-bilib bajarsa! Sizga yana nima kerak? Özi qanaqa kelinni xohlaysiz?
— Sen aralaşma mening işlarimga. Öz oilangning tinçini bil, — deya u oşxona tomonga qarab baqirdi. — Hoy kelin! Qayinsinglingiz keldi. Tezroq çoy-poyingizni keltiring. Imillamang!
— Oyi, iltimos, şu beçorani men kelganda urişmang. Xijolat bölib ketaman.