Muşuklar dunyodagi eng maşhur uy jonivorlari bölib qolişmoqda – ular aqlli, yumşoq va boqiş juda ham oson. Ularni itlar kabi taşqariga sayr uçun olib çiqiş şart emas. Bu esa iş bilan köproq maşğul odamlarga ma'qul keladi. Dunyoda şunday muşuklar ham mavjudki, ularning bahosi kişini hayratga soladi. Ana, şunday qimmatbaho zotli muşuklar bilan tanişing.
Norvegiya örmon muşugi

Bu muşukning bahosi ön ming dollarga yetişi mumkin. Şuningdek, u har qanday uy şaroitida yaşayvermaydi. Norvegiya örmon muşugining terisi sovuqqa moyillaşgan.
Misrlik mau

Misrlik mau — nafaqat jungida, balki terisida ham mavjud tuğma doği bilan maşhur örtaça hajmdagi muşuklardir. Muşuk taşqi körinişi 3000 yildan buyon sezilarli darajada özgarmagan — qadimiy misrliklar Bast nomli aynan şunday muşukka siğinişgan. Mau oila uçun yoqimtoy va mehribon uy hayvoni sanaladi.
Britaniya kalta junli muşugi

Instagram-blogerlarning eng sevimli zoti — britan kalta junli muşugi nafaqat suratbop, balki qimmatbaho hamdir. Bu muşukning narxi 500 dan 1500 dollargaça bölişi mumkin. Çinakam uy hayvoni işqibozlari esa bunday mablağni köz yumib, tölaşga tayyor turişadi.
Şotlandiya qatlama quloqli muşugi

Şotlandiyaning qatlama quloqli muşugi özining quloqlaridagi kamçiligi tufayli maşhur hisoblanadi. Bu kamçilik tufayli ularning quloqlari ikki bukilib, osilib qolgan. Bu turdagi muşuklar 1966 yilda paydo bölgan.













