23:43 / 08.08.2016
6157

Qo‘lbola soati bomba deb qabul qilingan amerikalik o‘quvchi o‘z maktabini sudga berdi

Foto:cbsnews.com

Maktabga bomba deb qabul qilingan qo‘lbola soat bilan kelgan o‘quvchi Ahmad Muhammad oilasi farzandi tahsil oluvchi AQShning Texas shtatidagi maktab rahbariyatini sudga berdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri. 

O‘tgan yili Texas politsiyasi 14 yoshli Ahmadni maktabiga o‘zi yasagan qo‘lbola soatlar bilan kelgani uchun hibsga olgandi. Uning o‘qituvchisi soatni bomba deb o‘ylagan.

Sudga berilgan da'vo arizasida maktab rahbariyati Ahmadning fuqarolik huquqlarini buzgani aytilgan. Mahalliy hukumat ushbu holat yuzasidan keyinroq izoh berishini aytgan.

Shundan keyin Ahmadning oilasi Qatarga ko‘chib o‘tgan va u yerda Ahmad stipendiya olgan.

Ahmad oilasi bilan Qatarga ko‘chib o‘tgandan keyin Texasdagi Irving shahridan 10 mln dollar va sobiq maktabidan 5 mln dollar tovon puli talab qilgan maktub yo‘llagan.

Ahmad o‘sha voqeadan keyin Google va Facebook idoralariga hamda Oq uyga taklif qilingan va u yerda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashgan.

Top