Sport | 10:45 / 08.08.2016
16416
2 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016da uchinchi kun anonsi. Bugun 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etadi

Bugun olimpiadaning uchinchi kuni. 8 avgustda yana 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

Akademik eshkak eshish, chorak final uchun qo‘shimcha saralash musobaqasi
Shahboz Xolmurzayev bugun chorak finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralash musobaqasida qatnashadi. Bu bosqichda guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan sportchilar keyingi bosqichga chiqishadi. Vaqti: 16:30 — 16:50. Yo‘nalishi M1x (2000 m).

Pnevmatik miltiqdan o‘q otish, saralash musobaqasi
Vadim Skorovarov Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha (10 m masofadan) saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi. Bu bosqichda 56 sportchi o‘z omadini sinab ko‘radi.

Dzyudo, erkaklar, -73 kg
Olimpiadaga 73 kg vazn toifasida yo‘l olgan o‘zbekistonlik dzyudochi Mirali Sharipov nimchorak finalga chiqish uchun niderlandiyalik Elmont Deksga qarshi tatamiga chiqadi. Bahsning boshlanish vaqti - soat 18:00.

Boks, erkaklar, -91 kg
Bugun Rustam To‘laganov -91 kg vazn toifasida nimchorak final bahsini o‘tkazadi. Uning dastlabki raqibi ekvadorlik Hulio Sezar Kastilo. Jang Toshkent vaqti bilan soat  21:30da boshlanadi.

Suzish, kompleks usulda, 200 metr
O‘zbekistonlik suzuvchi qiz Ra'noxon Omonovaning ishtiroki Toshkent vaqti bilan soat 22:05ga belgilangan.

Boks, erkaklar, -49 kg
Hasanboy Do‘stmatov 49 kg vazn toifasida nimchorak final bosqichidan bahslarga kirishadi. Uning raqibi meksikalik Hoselito Velaskes.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish