Yer yuzida şunday mamlakatlar bor-ki, mustaqillikka erişganiga 50 yildan oşgan bölişiga qaramay, u mamlakatlarda hamon qirğinbarot uruşlar davom etmoqda. Xalqi oç-nahorlikda, sarson-sargardonlikda umr keçirmoqda. Buni biz Afrika mamlakatlari misolida körişimiz mumkin.
Ötgan asrning 60-yillarini tom ma'noda Afrika yili deb ataş mumkin. Öz mustaqiligini qölga kiritgan Afrika mamlakatlari xalqlari öz kelajaklariga katta umid bilan boqişgan edi. Ular yaxşi hayot bir zumda amalga oşişiga işonişgandi. Oçiğini aytiş kerak-ki, mustaqillikka erişgan mamlakatlar öz davlat apparati, armiya va politsiyasini şakllantira boşladi. Öz madaniyatini rivojlantiriş imkoniyati paydo böldi. BMT va boşqa xalqaro taşkilotlarga a'zo bölib kiriş orqali mustaqilikka erişgan mamlakatlarning xalqlari ertangi kunga işonç bilan qadam taşlaşdi. Yoş davlatlar BMTning ixtisoslaşgan muassasalari, xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliya taşkilotlari, banklardan har tomonlama yordam ola boşladi. Şu bilan birga sovuq uruş davrida yirik davlatlarning Afrika mamlakatlariga qiziqişi va ta'siri ham kuçayib bordi. Mustaqilikka erişgan Afrika mamlakatlarining hukumatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş loyihalarini yirik davlatlarning rejalari asosida olib borişga majbur böldi. Ayrim mamlakatlar kapitalistik, ayrimlari esa nokapitalistik yölni tanladi. Biroq Afrika mamlakatlari uçun har ikki yöl ham özini oqlmagandek böldi. Deyarli barça mamlakatlarda bekordan bekorga insonlarning qoni tökildi. Çunki bu mamlakatlarda fuqorolar uruşi boşlanib ketdi. Bir qator Afrika mamlakatlari mustaqil taraqqiyot yölini tanlagan bölişlariga qaramay, qaşşoqligiça qolaverdi. Bunga hukumat rahbarlarining taraqqiyot yölini öz vaqtida işlab çiqmagani sabab bölgani aytiladi. Bu mamlakatlarda davlatçilik qurilişi öta murkkablik bilan keçdi.
Afrika mamlakatlarining ayrimlarida boş-boşdoqlik yuzaga keldi. Boşqaruv apparatiga professional bölmaganlar kelib qoldi. Bu, öz navbatida, byurokratik apparatning samarasiz işlaşiga olib keldi. Korrupsiya avjiga çiqdi. Mahalliyçilik yuzaga keldi. Bu aholining boşqaruv apparatiga işonçini susaytirdi. Jamiyatda faqatgina qurolli kuçlargina birlaşgan kuç sifatida yuzaga çiqdi. Bu, öz navbatida, harbiy töntarişlariga sabab böldi.
Bir qator mamlakatlarda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, noqonuniy tarzda oltin va olmoslar qazib oliş, hatto odam savdosi avjiga çiqdi. Jahon Yalpi Içki Mahsulotida Afrika mamlakatlari uluşi qisqarib ketdi. Aholi jon boşiga işlab çiqariladigan mahsulotlar ham kamaydi. Mustaqillika erişgan davlatlar örtasidagi çegaralarning sun'iy ravişda belgilangani ham bir qator muammolarni keltirib çiqardi. Şu kabi muammolarga barham beriş maqsadida 1963 yilda Afrika Birligi taşkiloti taşkil etildi. Biroq şunga qaramay Afrikada etnik töqnaşuvlar yuz berib turdi. Afrikaning biror bir mamlakatida yuz bergan etnik töqnaşuvlar qit'aning barça burçaklarida özining aks-sadosini berdi.







