Quyliq şohbekati yonginasida mardikor bozori bor. U yerda turli yoşdagi qiz-juvonlaru yigitlarni körasiz. Ular har bir ötayotgan maşinaga umid bilan tikilişadi. Töxtagan maşinaning oldiga esa xuddi quşdek uçib borib, atrofini örab olişadi.
Parkent tumaniga boriş uçun bekatda hamkasbimni kutib ötirdim. Yuqoridagi manzarani ança kuzatdim. Aksini olgandek, hamkasbim ham tezroq kela qolmadi. Xizmat safari bilan Toşkent viloyatiga çiqmoqçi edik. Vaqtning tezroq ötişini istab, mardikor ayollar tomon yurdim. Atrofimga darhol qizlar, ayollar yiğilişdi. Yoşlari mendan katta bölsa-da, ular “Opajon, iş bormi?”, deya menga javdirab qaraşardi. “Hamma işni bajariş qölimdan keladi, faqat pulini bersangiz böldi”, dedi örta yoşlardagi ayol.
— Asosan nima iş qilasiz? — dedim unga rahmim kelib.
— Aytgan barça yumuşlaringizni qilib ketaveraman.
— Yer çopişni bilasizmi? — deya qiziqib söradim uning qadoq qöllariga, oftobdan qoraygan sölğin yuzlariga qarab.
— Albatta. Unday işlarni bir zumda qotirib taşlaymiz.
— Ilgari ham şunday işni qilganmisiz? Qança tölaşgan?
— Bahorda bunaqa yumuşlar köp böladi. Işga olib ketganlar ön-yigirma ming söm berişardi.
— Kun böyi şu iş bilan şuğullanarmidingiz?
— Yeriga qarab. Ayrim odamlar judayam injiq böladi. Ağdargan yeringizning kesaklarini ham maydalab berişni söraşadi. Bu köp vaqtni oladi.
— Ha, tuşunarli — dedim ayolginaga rahmim kelib. — Agar vaqtingizni olmasam, bu yerdagi iş haqida gapirib bering.
Ayol jim bölib qoldi. Keyin meni bir çetga tortdi. Öşa yerdagi örindiqqa ötirib oldik.
Keyin u hasrat daftarini oçdi…
“Ismim Gulçiroy. Ammo Gulçiroyning çiroyidan asar ham qolmadi. Turmuşning ğam-anduhlari, oğir mehnat meni ançagina toliqtirib qöydi. Ammo Xudoga şukur qilamanki ikkita öğlim bor. Ular suyançiqlarim. Qariganimda belimning darmoni, közimning quvvati. Dadasi insult bölib vafot etdi. Rözğorning barça taşvişi mening gardanimga tuşdi. Erkaksiz uy zimistonga öxşarkan. Turtinib-surtinib, tirikçilik uçun şu yerlarda yuraman. Erkak kişining topganida baraka bölarkan. Turmuş örtoğim işlaganida men farzandlarim tarbiyasi bilan maşğul edim. Endi bölsa…
Heç kimning boşiga bunday körgulik tuşmasin. Gohida odamlarga qarab turib, ayrimlaridan nafratlanib ketaman. Yaxşi hamki farzandlarim bor. Şular bilan ovunaman. Dardlarimni ularga aytib, yengil tortaman.







