Aktsiyadorlik  tijorat “Qişloq quriliş bank” mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlaş, aholi farovonligini oşiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni  qöllab-quvvatlaş borasidagi islohotlar jarayonida faol iştirok etib kelmoqda. Körsatilayotgan sifatli bank xizmatlari natijasida bank mijozlarining soni  muttasil ravişda ortib  bormoqda. Bugungi  kunda bank tuzilmalari tomonidan 692 mingdan ortiq jismoniy va yuridik şaxs maqomidagi mijozlarga  xizmatlar  körsatilmoqda.

Yildan-yilga bank tomonidan körsatilayotgan xizmatlar turlari köpayib, aholiga yangi zamonaviy va qulay xizmatlar taklif qilinmoqda. Xususan, plastik  kartoçkalardan foydalanuvçilar uçun körsatiladigan xizmatlar kölamini  kengaytiriş  yuzasidan doimiy iş olib borilmoqda. Bunda  yangi zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. 

Ma'lumki, joriy yilning mart oyidan boşlab P2P tölovlar tizimi orqali mobil ilovalar va internet saytlari yordamida bir jismoniy şaxsning plastik kartoçkasidan  boşqa bir jismoniy şaxsning plastik kartoçkasiga “on-line” rejimida mablağlarni ötkaziş imkoniyati yölga qöyilgan edi. 

“Qişloq quriliş bank”  uşbu tizimni yanada kengaytiriş maqsadida “Click” korxonasi  bilan  hamkorlikda  “Click” mobil ilovasi orqali plastik kartalararo pul ötkazmalari xizmatini joriy etdi. Uşbu xizmatning joriy etilişi mijozlar uçun qator qulayliklarni yaratadi. Masalan, foydalanuvçilar bankka murojaat etmagan  holda bir  plastik kartoçkadan boşqa  bir plastik  kartoçkaga 24/7 rejimida  mablağlarni  ötkaziş  va turli tölovlarni amalga oşiriş imkoniga ega bölişadi. Kelgusida bu yönalişda yanada qulay yangi bank xizmatlarini joriy etiş hamda tölov turlarini kengaytiriş rejalari işlab çiqilgan. 

Bundan taşqari bank mintaqaviy filiallarida “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalaş kafolatlari töğrisida”gi qonuni asosida fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalaşni yanada kuçaytiriş maqsadida şaxsning barmoq izlari namunasidan  foydalaniş “Biometrik identifikatsiyalaş” tizimi joriy qilinmoqda. Mazkur texnologiyaning afzal jihati şundaki, omonat hisobvaraqlaridagi mablağlar bilan boğliq barça operatsiyalarni omonat egasi bölgan mijozning bevosita iştirokisiz  amalga oşiriş  imkoni bölmaydi va omonat  mablağlariga  nisbatan  bank  xodimlarining  daxlsizligi  ta'minlanadi.    

Bugungi  kunda ATB “Qişloq quriliş bank” tizimida 42 ta filial, 48 ta minibank va 186 ta şahobçalar faoliyat yuritmoqda.  
2016 yilning 1 avgust holatiga bankning sof aktivlari 5 122,9 mlrd. sömga va jami  kapitali 464,3 mlrd. sömga yetdi.

Bank Axborot xizmati.