«Metyu» dovulining tahdidi birinchi toifagacha pasaydi, deb xabar qilmoqda CNN agentligi.
To‘fon shamolining tezligi soatiga 136 kmgacha susaygan.
Ayni vaqtda, dovul Janubiy Karolina sohillari yaqinida hukm surmoqda. U, shimoli-sharq tomon harakatlanishda davom etadi.
Avvalroq, «Metyu» dovuli Haitida 877 kishining yostig‘ini quritgani xabar qilingan edi.