Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya - zilziladan oldin va keyin
30 oktabr kuni ertalab Italiyada so‘nggi ikki hafta ichidagi ikkinchi kuchli zilzila bo‘lib o‘tdi. OAVda Dastlab uning magnitudasi 7 ball bo‘lgani ta'kidlandi, keyin esa aniq ma'lumot berilib, 6,5 magnitudali yer silkinishi qayd etilgani ma'lum qilindi. Qurbonlar haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q.
Zilzila markazi Norcha kommunasidan atigi 6 kilometrda joylashgan va aynan shu hudud boshqa yerlarga nisbatan ko‘proq ziyon ko‘rgan. Muqaddas Benedikt nomidagi mashhur ibodatxona va yana bir qadimiy ibodatxona butkul vayron bo‘lgan. Shunisi qiziqki, shahardagi boshqa binolarga ziyon yetmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda binoning zilziladan avvalgi va keyingi suratlari tezlik bilan tarqala boshladi.


Manbaga ko‘ra, yer silkinishidan oldin ibodatxonada odamlar bo‘lgan, biroq ularning orasida halok bo‘lganlar yo‘q.

Yangi zilzilalar o‘tgan hafta tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan Arkuata-del-Trontoni deyarli yer bilan yakson qilgan.

Rim va boshqa yirik shaharlarda ham kuchli yer tebranishlari sezilgan. Poytaxtda metro xizmati to‘xtatib qo‘yilgan.
26 oktabrda Italiyada ikki soat farq bilan 5,5 va 6,1 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi.
Avgust oxirida esa kuchli yer silkinishi natijasida mamlakatda 300 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgandi. O‘shanda hammadan ko‘p Amatriche shahri jabr ko‘rgan.

Suratlar:tjournal.ru
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026
Rossiyaliklar uchun Italiya vizasi olish yanada qiyinlashdi
16:30 / 13.05.2026